13-BOB.
LOK-BO‘YOQ MATERIALLAR HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT
13.1. Lok-bo‘yoq matcriallarning komponentlari haqida
tushuncha
Loq-bo‘yoq materiallarning (LBM)
komponentlari sifatida
korxonalarga keltiriladigan dastlabki tayyor xomashyolar va kor-
xonalarning o‘zida bevosita ishlab chiqariladigan yarim-tayyor
mahsulotlardan foydalaniladi. Yarimtayyor mahsulotlarga polikon-
densatsion smolalar eritmalari va ular asosida tayyorlanadigan
loklar, ko‘p pigmentlar va mikroto‘ldirgichlar, sikkativlar, olif,
polivinilasetat
emulsiyasi, ba’zi erituvchilar va yarimmahsulotlar,
shuningdek, ko‘p monomerlar — formalin, ftalat kislota angi-
dridi, petaeritrit, difenilol-propan, n-tretbutilfenol
va boshqalar
kiradi.
LBM quyidagi komponentlardan iborat:
1. Plyonka hosil qiluvchi moddalar:
— polikondensiyalovchi smolalar (alkid, fenol-melamin va
karbamid-formaldegid, epoksid, poliuretan, kremniyorganik va
boshqalar);
— polimerizatsiyalovchi smolalar (vinilxlorid asosidagi, vinil-
xloridning vinilasetat
bilan sopolimerlari, akrilat, metakrilat va
boshqalar);
— tabiiy smolalar (kanifol, asfalt, bitum, shellak va boshqa
lar);
— selluloza efirlari (selluloza nitrati, asetati va asetobutirati);
— o‘simlik yogiari (quriydigan — zig‘ir va boshqalar; yarim-
quriydigan kungaboqar va boshqalar; qurimaydigan — kastor va
boshqalar);
— tall yog‘i;
— o'simlik va tail yog‘i
kislotalari;
— sintetik yog' kislotalari (asosan, C 10—C 16 fraksiyalari).
2. Pigmentlar:
— noorganik;
— oq rangli (titan (II) oksidi, rux oksidi, metanon va bosh
qalar);
99
— sariq (oxra, qo‘rg‘oshin xromat, rux xromati va boshqalar);
— qizil (temir oksidi, temir surigi, mo‘miyo va boshqalar);
— ko‘k (temir lazuri, ultramarin va boshqalar);
— yashil (xrom oksidi, medyanka va boshqalar);
— organik (azo- va diazopigmentlar, ftalosianin va boshqalar).
3. To‘ldiruvchiIar (barit, bo‘r, talk, sluda va boshqalar).
4. Plastifikatorlar (kastor yog‘i, kislota efirlari — ftalatlar,
fosfatlar, sebasianatlar va boshqalar).
5. Erituvchilar (uglevodorodlar,
ketonlar, spirtlar, efirlar va
boshqalar).
6. Sikkativlar — qo‘rg‘oshin, marganes, kobalt, naftenatlar,
rezinatlar, (asidol, sovun-naft,
naften kislotalar, qo‘rg‘oshin,
marganes, kobalt oksidi va tuzlari va h.k.).
7. Qo‘shimchalar — initsiatorlar, qotiruvchilar, tezlatuvchilar,
stabilizatorlar, emulgatorlar va boshqalar.
LBM va qoplamalari xususiyatlari komponentlar sifati va qay
nisbatda olinishiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: