Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Lok-bo‘yoq qoplamalar texnologiyasi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
13.2. Lok-bo‘yoq qoplamalar texnologiyasi
Qoplamalar olish uchun kimyoviy tabiati har xil bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallardan (LBM) foydalaniladi. Ularni yuzaga surtish, qotirish va yuqori sifatli qoplamalar olish uchun LBM m a ’lum xossalarga ega boMishi lozim . Suyuq lo k lar va bo‘yoqlarning muhim xossalari quyidagilar: qovushqoqlik, yuza ning taranglashuvi, qotish tezligi; agar kukunsimon bo'lsa, u holda disperslik, to ‘kilish, qoplama hosil bo‘lish harorati va davomiyligi (vaqt). Bu ko‘rsatkichlar va ularni boshqarish yo‘llarini bilish, qop lamalar olish texnologiyasi va ular xossalariga maqsadli *ta’sir qilish imkonini beradi. L ok-bo‘yoq qoplam alari (LBQ) asosini organik tabiatli polimer plyonkalar tashkil qiladi, shuning uchun ularni ko‘pincha organik LBQ deb atashadi. Ularga tarkibida turli ingrediyentlar: plyonka hosil qiluvchilar (polimer), pigmentlar, modifikatsiya- lovchilar va boshqa qo‘shilmalar saqlagani uchun kompozitsion polimer materiallar sifatida qarash mumkin. 100 Plyonka deyilganda, moddaning yaxlit yupqa qatlam holatidagi ko‘rinishi tushuniladi. Plyonkalar ozod va adgeziyalangan boiadi. Qattiq sirtlar bilan adgezion kuchlar orqali bog‘langan plyonkalar LBQ — lok-bo‘yoq qoplam i deyiladi. Bu holat lok-bo‘yoq texnologiyasining o‘ziga xosligi bilan ta’minlanadi, ya’ni LBQ qattiq sirt-yuzaga tayyor plyonka quyish bilan emas, balki plyonka hosil bo‘lish jarayonida yuzaga keladi. LBQ o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularning qalinligi 10^300 mkm atrofida boiadi. Juda yupqa bo‘lganligi sababli, yuqori solishtirma yuzaga, ya’ni 10—1000 sm2/sm 3 ga ega. Qoplamalar plyonkasimon holatda boiganligi uchun o‘ziga hos shakllanish yuz beradi, ya’ni plyonka qancha yupqa b o is a , yuzasining roli shuncha nam oyon b o ia d i. LBM qoplam asi solishtirma yuzasining qalinligi nomaqbul ekspluatatsiya sharoitini keltirib chiqaradi. LBQ ikki xil kontakt yuzaga ega: birinchisi — tashqi muhit bilan (odatda, gazsimon yoki suyuq), ikkinchisi — qattiq jism yoki asos (подложка) bilan. Bu ularning yelimli birikmalardan farqidir. Yelim qatlami ikkitomonlama qattiq jism bilan bogiangan boiadi. Tashqi muhit va asos ta ’siri plyonka kontakt yuzasining kimyoviy tarkibi va strukturasida namoyon boiadi. Shuning uchun LBQ ga flzik va kimyoviy jihatdan bir jinsli boim agan sistemalar sifatida qarash kerak. Shunday qilib, plyonka hosil qiluvchining eritm asi yoki suyuqlanmasidan shakllangan qoplamalarda oralarida uzluksiz chegara boigan uchta qatlamni farqlash mumkin: yuqori (yoki «havo»), oraliq (yoki «o‘rta») va pastki — adgeziyalovchi, yoki «оупа». Yuqori qatlami shakllanishi 0?jarayonida qoplam havo bilan ta ’sirlashgani uchun ko‘proq darajada havoga bog iiq boiadi. Oksidlanish destruksiyasi va plyonka hosil qiluvchining havo kislorodi va namligi ishtirokida boradigan boshqa kimyoviy o‘zgarishlari shu qatlamda sezilarli boiadi; o ‘rta qatlamga, ayniq- sa, pastki qatlamga (adgeziyalovchi va g‘ovaksiz asoslar) havo kislorodi va namligi kirishi sekinlashadi. Asos — podlojka ham kimyoviy reaksiyalar borishida qatnashadi, qoplam alar shakl- lanishida, ayniqsa yuqori haroratda, ularning katalitik yoki ingi- birlish roli namoyon boiadi. 101 Asosdagi qoplamning fiksatsiyasi va qattiq yuza kuch may- donining unga ta ’siri adgezion qatlamning fizik jarayonlari: kirishish, shishalanish, oriyentatsion belgilar (effekt)iga ham ta ’sir qiladi. Bulaming hammasi qoplama strukturasiga m a’lum darajada ta ’sir etadi. Adgeziya qatlam ida qoplam hosil qiluvchining molekulasi ko‘ndalang yuza oriyentatsiyasiga duch keladi, bunda polimer massasiga nisbatan kuchsiz struktura shakllanadi. Asosdan uzoqlashgan sari qoplamning oriyentatsiya darajasi va anizotropiyasi keskin pasayadi, polimerning sirtki molekular tashkil bo‘lish jara- yoni ortadi, jadaliashadi. Kristall polimerlardan tayyorlangan qop- lamalarda bir jinssiz struktura, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Polimer makromolekulalarining sust qo‘zg‘aluvchanligi va kristallanish markazlari sonining ko‘pligi (qattiq yuzaning fiksatsiyalovchi hara- kati) tufayli adgeziya qatlamida kristallanishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu holat oraliq va yuqori qatlamlarda kuzatilmaydi, kristal lanish darajasi adgeziya qatlamiga nisbatan ko‘proq. Sferolitlanish ham birlamchi kristallanishga ma’lum darajada o'xshash. Hajmi bo‘yicha maksimal sferolitlar qoplamning o ‘rta qismiga to ‘g‘ri keladi, periferiyaga (chetga) va podlojkaga yaqin- lashgan sayin ular kichiklashadi yoki boshqacha morfologik shakl qabul qiladi. Sferolitlar adgezion qatlamda faqat bir yo'nalishda o‘sgani uchun uzunlashgan (ustunsimon) shaklga ega bo'ladi. Bunda chegaraviy transkristall qatlam hosil bo'lish ehtimoli bo‘ladi. Uning uzunligi qoplam shakllanish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, turli poli- merlarda turlicha bo‘ladi, polietilen qoplamalarda u 20 mkmga teng bo‘ladi. Ayrim qatlamlarning strukturaviy farqi ularning xossalarida namoyon bo‘ladi. Shundan, amorf polimerlar eritmasidan olingan qoplamning pastki qatlami kuchli sorbsion xususiyatga va qoidaga muvoflq, oraliq qatlamga nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo‘ladi. Bunda (transkristallanish holati bundan mustasno) u kichik zichlikka ega bo‘ladi, ammo hajm bo‘yicha yuqoriroq shishalanish harorati (makromolekulalarning qo‘zg‘aluvchanligi cheklanganligi sababli) kuzatiladi. K o‘p qoplam alar k o ‘p kom ponentli sistemalarga kiradi, ularning qalinligidagi bir jinslimaslik (ba’zan hajmda ham) plyonka 1 02 hosil qiluvchining mikro- va makroqatlamlanishi, plastifikatorlarning yuzaga chiqib qolishi yoki kristallanishi, plyonka hosil bo'lishi paytida pigmentlaming yuqoriga ko‘tarilib chiqishi (flotatsiya) yoki c h o ‘kib qolishi, asos yuzasidagi k o m p o n en tlarn in g tanl ab adsorbsiya qilishi natijasida sodir bo'lishi mumkin. Qoplama har bir qatlami bir jinslimasligini LBM ning retsep- turasi orqali ham o ‘zgartirish mumkin, masalan, o‘zaro qovush- maydigan qoplam hosil qiluvchi aralashmadan foydalanganda. Podlojkada qoplamaning shakllanishi unda kirishish hodisasi bilan bog‘liq. To'la relaksatsiya bo‘lmaganida kirishish natijasida qoldiq kuchlanishlar yuzaga keladi. Shunday qilib, qattiq zanjirli am orf yoki kristall polimerlardan olingan LBQ ichki kuchlanishli sistemalardir. Bunga qog‘ozga surtilgan akvarel bo‘yog‘ining yupqa qatlamini misol sifatida keltirish mumkin. Bunda bo‘yoqning o ‘zi ham qog‘ozni biroz bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. Eng yupqa lok-bo‘yoq qatlamini ham suyuq va gaz adsorb- siyasidan farq qilish kerak. Suyuqlik va gazlar faqat adsorbent yuzasida bo‘ladi, LBQ qoplamlari esa yuzada kogezion mustahkam- ligi hisobiga saqlanib turadi. Qoplamalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlarini LBM olish va ekspluatatsiya qilishda hisobga olish lozim. Hozirgi paytda ekspluatatsiyaga moyil qoplamalar plyonkalarini kamaytirish ustida ishlar olib borilmoqda. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling