Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
LBM ni yuzalarga surkash usullari
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- B o ‘yash usullarining sinflarga bo‘linishi.
13.6. LBM ni yuzalarga surkash usullari
Loklar va bo‘yoqlardan foydalanish tarixidan m a’lumki, ularni yuzaga surkashning turli usullari mavjud. Dastlab faqat qo‘lda b o ‘yash u su lla rid a n foydalanilgan. LBM d an foydalanish masshtabining o'sishi va ular assortimentining kengayishi bilan surkash usullari ham takomillashib bordi. Bunda asosiy e’tibor jarayonlarni m exanizatsiyalash va avtom atlashtirish, m ehnat unumdorligini oshirish, materialning isrof bo'lishini kamaytirish, energiya va boshqa xarajatlarni kamaytirish, qoplama sifatini yaxshilashga qaratildi. Mavjud usullar to‘plami har qanday suyuq va kukunli LBM ni uzluksiz va davriy ravishda buyumlar sirtiga va har xil shakl va o ‘lchamdagi obyektlarga surkash imkonini beradi. Bunda surkash vaqti minimalgacha kamaydi va mehnat unumdorligi keskin oshdi. B o ‘yash usullarining sinflarga bo‘linishi. LBM surkashning suyuq va kukunsimon usullari farqlanadi. Qattiq yuzalarga suyuq LBM surkash quyidagilarga asoslangan: 1) suyuq LBM ni aerozol holatga keltirib, yupqa qatlam tarzida joylashtirish va koagullash; 2) yuzani ho'llash; 3) elektr tok, qizdirish va h.k.lar ta ’sirida moddaning suyuq muhitdan (eritma yoki dispersiyadan) ajralishi (cho‘kib qolishi); 4) gaz yoki bug‘ fazadan (monomerlar uchun) bug‘lanish va adsorblanish. B irinchi usullarning ko ‘p tarqalgan guruhiga pnevm atik purkash, elektrostatik purkash, gidravlik (havosiz) purkash, aerozol purkashlar kiradi. Bu usullar uchun umumiy holat bu suyuq LBM dastlab dispergirlanadi, y a’ni aerozol holatiga keltiriladi. Olinadigan qoplamalar iqtisodiy jihatdan va sifatiga ko‘ra 107 aerozol xossalari, qay darajada yuzada joylashishi va koagulatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi guruh surkash usullarini cho'ktirib bo‘yash, ustidan quyib bo‘yash, valiklar, barabanlar, cho‘tkalar va boshqa qo‘l moslamalarida bo‘yash tashkil qiladi. Ularni amalga oshirish uchun, qattiq yuza va LBM o‘zaro kontaktda bo‘lishi va imkoni boricha to‘liq o‘zaro ho‘llanishi zarur. Uchinchi surkash usullari guruhini istiqbolli usullar — elektr va kimyoviy bo‘yash va elektrpolimerlanish tashkil qiladi. T o ‘rtinchi guruhga nisbatan yangi usullar: tushayotgan razryadda polimerlanish, bug‘ fazadan monomerlarni initsirlab (initsiator yordamida) polimerlash va boshqalar kiradi. Bunda xuddi elektr polimerlanish kabi, monomer va oligomer qoplama hosil qiluvchi moddalarni surkash jarayoni ularning kimyoviy o‘zgarishi jarayoni bilan birlashib ketadi, natijada tayyor qoplama hosil bo‘ladi. Boshqa hollarda lok-bo‘yoq materialni surkash va qotirish (qurish) jarayonlari vaqt va qo ‘llaniladigan apparaturaning ko‘rinishi bilan farq qiladi. Kukunsimon LBM surkash ularning qay darajada oson aerozolga aylanish xususiyatiga asoslangan. Aerozollar qattiq yuzaga quyidagicha surkaladi: 1) aerozol zarrachalarining elektrlanishi (yuza zaryadi belgisiga qarama-qarshi belgili zaryad tutashadi); 2) qizdirilgan yuza bilan aerozolning kontaktl^shuvi; 3) aerozolning asos yopishqoq yuzasi bilan kontaklashishi; 4) aerozolning sovuq yuzada kondensatsiyasi. Ayrim hollarda kukunsimon bo‘yoqlar gorizontal yuzaga to ‘kish, elash va h.k. usullar bilan surtiladi. Hozirgi paytda LBM lam ing 75% idan ziyodi (suyuq, kukunsimon bo‘lsa ham) aerozol texnologiyasiga asoslangan usullar bilan surtiladi. Bunga sabab aerozol holatida LBM oson dozalanadi va yuzada yupqa qatlam tarzida taqsimlanadi. Biroq bu usullaming ko ‘pchiligi LBM ko‘p isrof bo'lganligi uchun tejamsiz. Bu, ayniqsa, pnevmatik purkash usuliga tegishli, bunda yo‘qotishning o‘rtacha qiymati 45% ni tashkil etadi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling