14-BOB.
EKOLOGIYA VAATROF-MUHITNI
MUHOFAZA QILISH MASALALARI
P rezid en tim iz I.A. K arim ov global ekologik taxdid va
muammolar haqida to ‘xtalib, «Ekologiya hozirgi zamonning keng
miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir,
uni xal etish
barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizasiyaning hozirgi
kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga
bog‘liqdir» deb ta’kidlagan edi.
Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi
o'zaro munosabat — insoniyatning abadiy muammolaridan biridir.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida
insonning tabiiy boy-
liklaridan foydalanish imkoniyatlari g‘oyat kengaydi. Shu bilan birga
sanoat ishlab chiqarishining tabiatga va atrof-muhitga xavfli, zararli
ta’siri ancha ortdi.
Masalan, sayyoramizda har yili tashqi muhitga 70 mln. m3 dan
ortiq zaharli gaz, 50 mln.
tonna metan, 13 mln tonna neft va neft
mahsulotlari chiqarilmoqda, suv havzalariga 32 km3 iflos sanoat
suvlari
quyilmoqda, 11 mln. gektar o‘rmon kesilmoqda va katta
yong‘inlar tufayli yonib ketmoqda.
Toshkent shahrida bir sutkada 4000 tonna qattiq chiqindi,
quyidagi m iqdorda havoni ifloslantiruvchi m oddalarni chiqa
rilmoqda: qattiq zarrachalar 900 t/sut, oltingugurt 300 t/sut, azot
oksidi 250 t/sut, ko‘mir vodorodi 200 t/sut, is gazi 150 t/sut va
boshqalar.
Plastmassalarni qayta ishlashda atrof-muhitni ifloslantiruvchilarga
quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: