Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Qoplama hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy asoslari


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

13.3. Qoplama hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy asoslari
LBM ga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri — qattiq qop­
lamaning shakllanishi, ya’ni qoplama hosil qilishga moyillikdir. 
Qoplama hosil bo‘lishi davrida o ‘tadigan jarayonlarning fizik- 
kimyoviy xususiyatlari qoplama hosil qiluvchi moddaning tabiatiga 
bog‘liq; turli xil qoplama hosil qiluvchi (erituvchilar, suvli va 
organik dispersiyalar, erituvchisiz suyuq va kukunsimon tarkiblar) 
sistemalarga tegishli materiallar bir xil bo‘lmagan qoplamalar hosil 
qiladilar. Bu jarayonlar xarakteri va kinetikasini o‘zgartirib qop­
lamalarning shakllanish tezligi, ularning strukturasi va xossalariga 
ta ’sir qilish mumkin.
Qoplama hosil qilish — materialning suyuq yoki qovushqoq-
103


oquvchan holatdan qattiq holatga o‘tib, asos yuzasida adgeziyalovchi 
qoplama hosil qilish jarayonidir.
LBM qoplama hosil qilish ko‘pincha fizik jarayonlar natijasida 
sodir boMadi, ya’ni erituvchilar uchib chiqishi, latekslarning suv- 
sizlanishi va barqarorlashuvi, suyuqlanmalarning sovushi. Eritma- 
lardan koagulatsiya natijasida plyonka hosil qiluvchi qoplama 
shakllanishi mumkin, biroq bu hodisa kamroq yuz beradi. Ba’zi 
materiallar, asosan, oligomerlar va monomerlar, polimerlanish 
yoki polikondensatlanish kimyoviy jarayonlari natijasida, ba’zan 
bir vaqtda (ko‘pincha ketma-ket) o‘tadigan fizik va kimyoviy 
jarayonlar natijasida qoplamalar hosil qiladi. Qoplama hosil bo‘lishi 
fazaviy yoki fizikaviy holatlarga, molekulalarning o ‘zaro joylashuvi 
va moddaning termodinamik xossalariga bog‘liq, shuning uchun 
qoplamalarda qoplama hosil qiluvchi (polimer) kristall shishasimon 
yoki yuqori elastik holatda bo‘lsa, bu qoplamalar ekspluatatsiya 
qilishga moyil bo'ladi.
Qoplama hosil bo‘lishida qanday jarayonlar ketishidan qat’i 
nazar, ularning tashqi ko‘rinishini material qovushqoqligining 
asta-sekin yoki sakrab o ‘sishida o ‘z aksini topadi. Agar dastlabki 
material suyuq bo‘lsa, u holda jarayonning ma’lum bosqichida u 
qovushqoq-oquvchan, so‘ngra yuqori elastik holatda bo‘ladi, va 
nihoyat, qattiq shishasimon jism xossalariga ega bo‘ladi.
S. 
N. Jurkov tasawuricha, polimerlaming shishalanishi, quyi 
molekulali qoplam a hosil qiluvchilarda b o ‘lganidek, zanjir 
zvenolarining o ‘zaro ta’sir energiyasi va issiqlik harakati nisbati 
bilan aniqlanadi. Zvenolarning issiqlik harakati molekula zanjirining 
uzunligi o ‘sgani va harorati pasaygani sayin keskin kamayadi va bu 
harakat molekular massa yoki qoplama haroratining m a’lum 
qiymatida ichki va molekulalararo o‘zaro ta’simi yengishga yetarli 
b o ‘lmaydi. Bu m akrom olekulalar zvenolari issiqlik harakati 
intensivligining kamayishiga, zanjirlar qattiqligining oshishiga va 
natijada materialning qovushqoqligi, qattiqligi va mustahkam- 
ligining o‘sishiga olib keladi.
Oligomer qoplama hosil qiluvchilar qotgani sababli, ularning 
zanjirida polim erinalogik reaksiyalar ham bo‘lishi mum kin. 
Masalan, oksidlanish, sulfatlanish va boshqalar. Bunda qutblangan 
funksional guruhlar to ‘planib qoladi va natijada makromole-
104


kulaning qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, polimerning shishalanish 
harorati ortadi.
Polimerlarda shishalanish jarayoni polimer solishtirma haj- 
mining (ozod hajm minimal miqdoriga yaqinlashgan holat) sakrab 
o'zgarishi va relaksatsiya jarayonlarining keskin kamayishi bilan 
boradi. Ayni vaqtda moddalarning qattiq holatiga xos bo‘lgan 
struktura (asosan, muvozanatda bo‘lmagan) shakllanishi yuzaga 
keladi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling