13.7. Pigmentlar va toidiruvchilarga oid atamalar
Hozirgi paytda faqat noorganik pigmentlar va toidiruvchilar
uchun atamalar standarti mavjud (GOST 19487-74), LBM uchun
atam alar standarti ishlab chiqilmagan. Quyida LBM va ular
komponentlarining umumiy qabul qilingan atama va aniqlanishlari
keltirilgan.
L B M
— buyum sirtiga yupqa qatlam
qilib surtilganda himoya
yoki manzarali qoplama hosil qila oluvchi mahsulot.
LB Q
— lok-bo‘yoq qatlami buyum sirtiga bir yoki bir necha
qatlam qilib surtilgandan so‘ng yuzada shakllanuvchi qoplama hosil
qiladi, u yetarlicha darajada adgeziyaga ega boiadi.
Lok —
qoplama hosil qiluvchi moddalarning (smola, selluloza
efirlari, bitumlar, o'simlik yog‘lari va yog‘ kislotalari)
organik
erituvchi yoki suvdagi eritmasi, qotganidan (quriganidan) so‘ng
qattiq, bir jinsli va tiniq (bitum lokidan tashqari) plyonka hosil
qiladi.
Yarimtayyor lok
— yarim mahsulot ko‘rinishida bo‘lib, emallar
va boshqa LBM ishlab chiqarish uchun moijallangan.
Em al
— pigmentlar va ular aralashmalarining toidiruvchilar
bilan birgalikda
lokdagi suspenziyasi, quriganidan (qotganidan)
so‘ng tiniq bo‘lmagan, .qattiq, har xil yaltiroq va yuza fakturali
plyonka hosil qiladi.
Bo ‘yoq
— pigmentlar va ular aralashmalarining toidiruvchilar
bilan birgalikda yog‘, olif, emulsiya, lateks yoki boshqa plyonka
hosil qiluvchi
moddadagi suspenziyasi, quriganidan (qotgandan)
so‘ng tiniq boim agan, bo‘yalgan bir jinsli plyonka hosil qiladi.
Suvli-dispersion ( emulsion) bo ‘yoq
— pigm entlar va ular
aralashmalarining toidiruvchilar bilan birgalikda sintetik polimerlar
(polivinilasetat emulsiyasi, butadiyen-stirol lateks va b.) suvli
dispersiyasidagi yordamchi qo‘shilmalar (emulgator,
stabilizator va
b.) solingan
suspenziyasi, qotganidan so‘ng bo'yalgan xira qoplama
hosil qiladi.
G ru n to v k a
— p ig m e n tla r va u la r a ra la s h m a la rin in g
toidiruvchilar bilan birgalikda plyonka hosil qiluvchi moddalardagi
(olif, lok va b.) suspenziyasi, quriganidan so‘ng asosga va
109
yonuvchanligi yuqori qatlamlarga adgeziyasi yaxshi, tiniq bo‘lmagan,
bir jinsli plyonka hosil qiladi.
Shpatlevka —
qovushqoq pastasimon massa, pigment, to ‘l-
diruvchi va plyonka hosil qiluvchi aralashm alardan iborat,
bo‘yalayotgan yuzaning notekisliklari, chuqurliklarini to ‘ldirishga
mo‘ljallangan.
O lif —
plyonka hosil qiluvchi suyuqlik —
qurishni tezlatish
uchun sikkativ qo‘shilgan o ‘simlik yog‘i va yog‘li alkid smolalarni
qayta ishlash mahsuloti.
Sikkativ —
oksid ko'rinishida va organik erituvchilarda sovunli
eritma ko‘rinishidagi (naftenat, linoleat, rezinat va b.) ba’zi
metallar (asosan, qo‘rg‘oshin, marganes va kobalt) birikmalari,
LBM tayyorlashda va ishlatishda qurishni
tezlatish uchun kata-
lizator sifatida qo‘shiladi.
Erituvchi
— organik uchuvchan suyuqlik (uglevodorod, keten,
spirt, efir va b.) yoki shunga o ‘xshash suyuqliklar aralashmasi,
plyonka hosil qiluvchini eritish va LBM ga zarur konsistensiya
berish uchun xizmat qiladi.
Suyultirgich —
organik uchuvchan suyuqlik, LBM qovush-
qoqligini kamaytirish va yuzalarga surtishga yaroqli
qilish maqsadida
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: