Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


13.7. Pigmentlar va toidiruvchilarga oid atamalar


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

108


13.7. Pigmentlar va toidiruvchilarga oid atamalar
Hozirgi paytda faqat noorganik pigmentlar va toidiruvchilar 
uchun atamalar standarti mavjud (GOST 19487-74), LBM uchun 
atam alar standarti ishlab chiqilmagan. Quyida LBM va ular 
komponentlarining umumiy qabul qilingan atama va aniqlanishlari 
keltirilgan.
L B M
— buyum sirtiga yupqa qatlam qilib surtilganda himoya 
yoki manzarali qoplama hosil qila oluvchi mahsulot.
LB Q
— lok-bo‘yoq qatlami buyum sirtiga bir yoki bir necha 
qatlam qilib surtilgandan so‘ng yuzada shakllanuvchi qoplama hosil 
qiladi, u yetarlicha darajada adgeziyaga ega boiadi.
Lok —
qoplama hosil qiluvchi moddalarning (smola, selluloza 
efirlari, bitumlar, o'simlik yog‘lari va yog‘ kislotalari) organik 
erituvchi yoki suvdagi eritmasi, qotganidan (quriganidan) so‘ng 
qattiq, bir jinsli va tiniq (bitum lokidan tashqari) plyonka hosil 
qiladi.
Yarimtayyor lok
— yarim mahsulot ko‘rinishida bo‘lib, emallar 
va boshqa LBM ishlab chiqarish uchun moijallangan.
Em al
— pigmentlar va ular aralashmalarining toidiruvchilar 
bilan birgalikda lokdagi suspenziyasi, quriganidan (qotganidan) 
so‘ng tiniq bo‘lmagan, .qattiq, har xil yaltiroq va yuza fakturali 
plyonka hosil qiladi.
Bo ‘yoq
— pigmentlar va ular aralashmalarining toidiruvchilar 
bilan birgalikda yog‘, olif, emulsiya, lateks yoki boshqa plyonka 
hosil qiluvchi moddadagi suspenziyasi, quriganidan (qotgandan) 
so‘ng tiniq boim agan, bo‘yalgan bir jinsli plyonka hosil qiladi.
Suvli-dispersion ( emulsion) bo ‘yoq
— pigm entlar va ular 
aralashmalarining toidiruvchilar bilan birgalikda sintetik polimerlar 
(polivinilasetat emulsiyasi, butadiyen-stirol lateks va b.) suvli 
dispersiyasidagi yordamchi qo‘shilmalar (emulgator, stabilizator va 
b.) solingan suspenziyasi, qotganidan so‘ng bo'yalgan xira qoplama 
hosil qiladi.
G ru n to v k a
— p ig m e n tla r va u la r a ra la s h m a la rin in g
toidiruvchilar bilan birgalikda plyonka hosil qiluvchi moddalardagi 
(olif, lok va b.) suspenziyasi, quriganidan so‘ng asosga va
109


yonuvchanligi yuqori qatlamlarga adgeziyasi yaxshi, tiniq bo‘lmagan, 
bir jinsli plyonka hosil qiladi.
Shpatlevka —
qovushqoq pastasimon massa, pigment, to ‘l- 
diruvchi va plyonka hosil qiluvchi aralashm alardan iborat, 
bo‘yalayotgan yuzaning notekisliklari, chuqurliklarini to ‘ldirishga 
mo‘ljallangan.
O lif —
plyonka hosil qiluvchi suyuqlik — qurishni tezlatish 
uchun sikkativ qo‘shilgan o ‘simlik yog‘i va yog‘li alkid smolalarni 
qayta ishlash mahsuloti.
Sikkativ —
oksid ko'rinishida va organik erituvchilarda sovunli 
eritma ko‘rinishidagi (naftenat, linoleat, rezinat va b.) ba’zi 
metallar (asosan, qo‘rg‘oshin, marganes va kobalt) birikmalari, 
LBM tayyorlashda va ishlatishda qurishni tezlatish uchun kata- 
lizator sifatida qo‘shiladi.
Erituvchi
— organik uchuvchan suyuqlik (uglevodorod, keten, 
spirt, efir va b.) yoki shunga o ‘xshash suyuqliklar aralashmasi, 
plyonka hosil qiluvchini eritish va LBM ga zarur konsistensiya 
berish uchun xizmat qiladi.
Suyultirgich —
organik uchuvchan suyuqlik, LBM qovush- 
qoqligini kamaytirish va yuzalarga surtishga yaroqli qilish maqsadida 
ishlatiladi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling