Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


LBM ni yuzalarga surkash usullari


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

13.6. LBM ni yuzalarga surkash usullari
Loklar va bo‘yoqlardan foydalanish tarixidan m a’lumki, 
ularni yuzaga surkashning turli usullari mavjud. Dastlab faqat qo‘lda 
b o ‘yash u su lla rid a n foydalanilgan. LBM d an foydalanish 
masshtabining o'sishi va ular assortimentining kengayishi bilan 
surkash usullari ham takomillashib bordi. Bunda asosiy e’tibor 
jarayonlarni m exanizatsiyalash va avtom atlashtirish, m ehnat 
unumdorligini oshirish, materialning isrof bo'lishini kamaytirish, 
energiya va boshqa xarajatlarni kamaytirish, qoplama sifatini 
yaxshilashga qaratildi. Mavjud usullar to‘plami har qanday suyuq 
va kukunli LBM ni uzluksiz va davriy ravishda buyumlar sirtiga va 
har xil shakl va o ‘lchamdagi obyektlarga surkash imkonini beradi. 
Bunda surkash vaqti minimalgacha kamaydi va mehnat unumdorligi 
keskin oshdi.
B o ‘yash usullarining sinflarga bo‘linishi.
LBM surkashning suyuq va kukunsimon usullari farqlanadi.
Qattiq yuzalarga suyuq LBM surkash quyidagilarga asoslangan:
1) suyuq LBM ni aerozol holatga keltirib, yupqa qatlam 
tarzida joylashtirish va koagullash;
2) yuzani ho'llash;
3) elektr tok, qizdirish va h.k.lar ta ’sirida moddaning suyuq 
muhitdan (eritma yoki dispersiyadan) ajralishi (cho‘kib qolishi);
4) gaz yoki bug‘ fazadan (monomerlar uchun) bug‘lanish va 
adsorblanish.
B irinchi usullarning ko ‘p tarqalgan guruhiga pnevm atik 
purkash, elektrostatik purkash, gidravlik (havosiz) purkash, 
aerozol purkashlar kiradi. Bu usullar uchun umumiy holat bu 
suyuq LBM dastlab dispergirlanadi, y a’ni aerozol holatiga 
keltiriladi. Olinadigan qoplamalar iqtisodiy jihatdan va sifatiga ko‘ra
107


aerozol xossalari, qay darajada yuzada joylashishi va koagulatsiyasiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi guruh surkash usullarini cho'ktirib bo‘yash, ustidan 
quyib bo‘yash, valiklar, barabanlar, cho‘tkalar va boshqa qo‘l 
moslamalarida bo‘yash tashkil qiladi. Ularni amalga oshirish uchun, 
qattiq yuza va LBM o‘zaro kontaktda bo‘lishi va imkoni boricha 
to‘liq o‘zaro ho‘llanishi zarur.
Uchinchi surkash usullari guruhini istiqbolli usullar — elektr 
va kimyoviy bo‘yash va elektrpolimerlanish tashkil qiladi.
T o ‘rtinchi guruhga nisbatan yangi usullar: tushayotgan 
razryadda polimerlanish, bug‘ fazadan monomerlarni initsirlab 
(initsiator yordamida) polimerlash va boshqalar kiradi.
Bunda xuddi elektr polimerlanish kabi, monomer va oligomer 
qoplama hosil qiluvchi moddalarni surkash jarayoni ularning 
kimyoviy o‘zgarishi jarayoni bilan birlashib ketadi, natijada tayyor 
qoplama hosil bo‘ladi.
Boshqa hollarda lok-bo‘yoq materialni surkash va qotirish 
(qurish) jarayonlari vaqt va qo ‘llaniladigan apparaturaning 
ko‘rinishi bilan farq qiladi.
Kukunsimon LBM surkash ularning qay darajada oson 
aerozolga aylanish xususiyatiga asoslangan. Aerozollar qattiq yuzaga 
quyidagicha surkaladi:
1) aerozol zarrachalarining elektrlanishi (yuza zaryadi belgisiga 
qarama-qarshi belgili zaryad tutashadi);
2) qizdirilgan yuza bilan aerozolning kontaktl^shuvi;
3) aerozolning asos yopishqoq yuzasi bilan kontaklashishi;
4) aerozolning sovuq yuzada kondensatsiyasi.
Ayrim hollarda kukunsimon bo‘yoqlar gorizontal yuzaga 
to ‘kish, elash va h.k. usullar bilan surtiladi.
Hozirgi paytda LBM lam ing 75% idan ziyodi (suyuq, 
kukunsimon bo‘lsa ham) aerozol texnologiyasiga asoslangan usullar 
bilan surtiladi. Bunga sabab aerozol holatida LBM oson dozalanadi 
va yuzada yupqa qatlam tarzida taqsimlanadi. Biroq bu usullaming 
ko ‘pchiligi LBM ko‘p isrof bo'lganligi uchun tejamsiz. Bu, 
ayniqsa, pnevmatik purkash usuliga tegishli, bunda yo‘qotishning 
o‘rtacha qiymati 45% ni tashkil etadi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling