Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Lok-bo‘yoq qoplamalar texnologiyasi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

13.2. Lok-bo‘yoq qoplamalar texnologiyasi
Qoplamalar olish uchun kimyoviy tabiati har xil bo‘lgan 
lok-bo‘yoq materiallardan (LBM) foydalaniladi. Ularni yuzaga 
surtish, qotirish va yuqori sifatli qoplamalar olish uchun LBM 
m a ’lum xossalarga ega boMishi lozim . Suyuq lo k lar va 
bo‘yoqlarning muhim xossalari quyidagilar: qovushqoqlik, yuza­
ning taranglashuvi, qotish tezligi; agar kukunsimon bo'lsa, u 
holda disperslik, to ‘kilish, qoplama hosil bo‘lish harorati va 
davomiyligi (vaqt).
Bu ko‘rsatkichlar va ularni boshqarish yo‘llarini bilish, qop­
lamalar olish texnologiyasi va ular xossalariga maqsadli *ta’sir 
qilish imkonini beradi.
L ok-bo‘yoq qoplam alari (LBQ) asosini organik tabiatli 
polimer plyonkalar tashkil qiladi, shuning uchun ularni ko‘pincha 
organik LBQ deb atashadi. Ularga tarkibida turli ingrediyentlar: 
plyonka hosil qiluvchilar (polimer), pigmentlar, modifikatsiya- 
lovchilar va boshqa qo‘shilmalar saqlagani uchun kompozitsion 
polimer materiallar sifatida qarash mumkin.
100


Plyonka deyilganda, moddaning yaxlit yupqa qatlam holatidagi 
ko‘rinishi tushuniladi. Plyonkalar ozod va adgeziyalangan boiadi. 
Qattiq sirtlar bilan adgezion kuchlar orqali bog‘langan plyonkalar 
LBQ — lok-bo‘yoq qoplam i deyiladi. Bu holat lok-bo‘yoq 
texnologiyasining o‘ziga xosligi bilan ta’minlanadi, ya’ni LBQ 
qattiq sirt-yuzaga tayyor plyonka quyish bilan emas, balki plyonka 
hosil bo‘lish jarayonida yuzaga keladi.
LBQ o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularning qalinligi 10^300 
mkm atrofida boiadi. Juda yupqa bo‘lganligi sababli, yuqori 
solishtirma yuzaga, ya’ni 10—1000 sm2/sm 3 ga ega.
Qoplamalar plyonkasimon holatda boiganligi uchun o‘ziga hos 
shakllanish yuz beradi, ya’ni plyonka qancha yupqa b o is a , 
yuzasining roli shuncha nam oyon b o ia d i. LBM qoplam asi 
solishtirma yuzasining qalinligi nomaqbul ekspluatatsiya sharoitini 
keltirib chiqaradi.
LBQ ikki xil kontakt yuzaga ega: birinchisi — tashqi muhit 
bilan (odatda, gazsimon yoki suyuq), ikkinchisi — qattiq jism yoki 
asos (подложка) bilan. Bu ularning yelimli birikmalardan farqidir. 
Yelim qatlami ikkitomonlama qattiq jism bilan bogiangan boiadi. 
Tashqi muhit va asos ta ’siri plyonka kontakt yuzasining kimyoviy 
tarkibi va strukturasida namoyon boiadi. Shuning uchun LBQ ga 
flzik va kimyoviy jihatdan bir jinsli boim agan sistemalar sifatida 
qarash kerak.
Shunday qilib, plyonka hosil qiluvchining eritm asi yoki 
suyuqlanmasidan shakllangan qoplamalarda oralarida uzluksiz 
chegara boigan uchta qatlamni farqlash mumkin: yuqori (yoki 
«havo»), oraliq (yoki «o‘rta») va pastki — adgeziyalovchi, yoki 
«оупа». Yuqori qatlami shakllanishi 0?jarayonida qoplam havo bilan 
ta ’sirlashgani uchun ko‘proq darajada havoga bog iiq boiadi. 
Oksidlanish destruksiyasi va plyonka hosil qiluvchining havo 
kislorodi va namligi ishtirokida boradigan boshqa kimyoviy 
o‘zgarishlari shu qatlamda sezilarli boiadi; o ‘rta qatlamga, ayniq- 
sa, pastki qatlamga (adgeziyalovchi va g‘ovaksiz asoslar) havo 
kislorodi va namligi kirishi sekinlashadi. Asos — podlojka ham 
kimyoviy reaksiyalar borishida qatnashadi, qoplam alar shakl- 
lanishida, ayniqsa yuqori haroratda, ularning katalitik yoki ingi- 
birlish roli namoyon boiadi.
101


Asosdagi qoplamning fiksatsiyasi va qattiq yuza kuch may- 
donining unga ta ’siri adgezion qatlamning fizik jarayonlari: 
kirishish, shishalanish, oriyentatsion belgilar (effekt)iga ham ta ’sir 
qiladi. Bulaming hammasi qoplama strukturasiga m a’lum darajada 
ta ’sir etadi. Adgeziya qatlam ida qoplam hosil qiluvchining 
molekulasi ko‘ndalang yuza oriyentatsiyasiga duch keladi, bunda 
polimer massasiga nisbatan kuchsiz struktura shakllanadi. Asosdan 
uzoqlashgan sari qoplamning oriyentatsiya darajasi va anizotropiyasi 
keskin pasayadi, polimerning sirtki molekular tashkil bo‘lish jara- 
yoni ortadi, jadaliashadi. Kristall polimerlardan tayyorlangan qop- 
lamalarda bir jinssiz struktura, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Polimer 
makromolekulalarining sust qo‘zg‘aluvchanligi va kristallanish 
markazlari sonining ko‘pligi (qattiq yuzaning fiksatsiyalovchi hara- 
kati) tufayli adgeziya qatlamida kristallanishda qiyinchiliklar yuzaga 
keladi. Bu holat oraliq va yuqori qatlamlarda kuzatilmaydi, kristal­
lanish darajasi adgeziya qatlamiga nisbatan ko‘proq.
Sferolitlanish ham birlamchi kristallanishga ma’lum darajada 
o'xshash. Hajmi bo‘yicha maksimal sferolitlar qoplamning o ‘rta 
qismiga to ‘g‘ri keladi, periferiyaga (chetga) va podlojkaga yaqin- 
lashgan sayin ular kichiklashadi yoki boshqacha morfologik shakl 
qabul qiladi. Sferolitlar adgezion qatlamda faqat bir yo'nalishda 
o‘sgani uchun uzunlashgan (ustunsimon) shaklga ega bo'ladi. Bunda 
chegaraviy transkristall qatlam hosil bo'lish ehtimoli bo‘ladi. Uning 
uzunligi qoplam shakllanish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, turli poli- 
merlarda turlicha bo‘ladi, polietilen qoplamalarda u 20 mkmga teng 
bo‘ladi.
Ayrim qatlamlarning strukturaviy farqi ularning xossalarida 
namoyon bo‘ladi. Shundan, amorf polimerlar eritmasidan olingan 
qoplamning pastki qatlami kuchli sorbsion xususiyatga va qoidaga 
muvoflq, oraliq qatlamga nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo‘ladi. 
Bunda (transkristallanish holati bundan mustasno) u kichik 
zichlikka ega bo‘ladi, ammo hajm bo‘yicha yuqoriroq shishalanish 
harorati (makromolekulalarning qo‘zg‘aluvchanligi cheklanganligi 
sababli) kuzatiladi.
K o‘p qoplam alar k o ‘p kom ponentli sistemalarga kiradi, 
ularning qalinligidagi bir jinslimaslik (ba’zan hajmda ham) plyonka
1 02


hosil qiluvchining mikro- va makroqatlamlanishi, plastifikatorlarning 
yuzaga chiqib qolishi yoki kristallanishi, plyonka hosil bo'lishi 
paytida pigmentlaming yuqoriga ko‘tarilib chiqishi (flotatsiya) yoki 
c h o ‘kib qolishi, asos yuzasidagi k o m p o n en tlarn in g tanl ab 
adsorbsiya qilishi natijasida sodir bo'lishi mumkin.
Qoplama har bir qatlami bir jinslimasligini LBM ning retsep- 
turasi orqali ham o ‘zgartirish mumkin, masalan, o‘zaro qovush- 
maydigan qoplam hosil qiluvchi aralashmadan foydalanganda.
Podlojkada qoplamaning shakllanishi unda kirishish hodisasi 
bilan bog‘liq. To'la relaksatsiya bo‘lmaganida kirishish natijasida 
qoldiq kuchlanishlar yuzaga keladi. Shunday qilib, qattiq zanjirli 
am orf yoki kristall polimerlardan olingan LBQ ichki kuchlanishli 
sistemalardir. Bunga qog‘ozga surtilgan akvarel bo‘yog‘ining yupqa 
qatlamini misol sifatida keltirish mumkin. Bunda bo‘yoqning o ‘zi 
ham qog‘ozni biroz bug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Eng yupqa lok-bo‘yoq qatlamini ham suyuq va gaz adsorb- 
siyasidan farq qilish kerak. Suyuqlik va gazlar faqat adsorbent 
yuzasida bo‘ladi, LBQ qoplamlari esa yuzada kogezion mustahkam- 
ligi hisobiga saqlanib turadi.
Qoplamalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlarini LBM olish 
va ekspluatatsiya qilishda hisobga olish lozim. Hozirgi paytda 
ekspluatatsiyaga moyil qoplamalar plyonkalarini kamaytirish ustida 
ishlar olib borilmoqda.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling