Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Kimyoviy o ‘zgarishsiz qoplama hosil boiishi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.5. Kimyoviy o ‘zgarishlar tufayli qoplama hosil bo‘lishi
13.4. Kimyoviy o ‘zgarishsiz qoplama hosil boiishi
Kimyoviy o‘zgarishlarsiz o ‘tadigan qoplama hosil bo‘lishi bilan (qoplama faqat fizik jarayonlar hisobiga shakllanadi) qaytar qop lamalar (termoplastik va eruvchan) hosil qiladi. Bunda qoplama materialining xossalari dastlabki qoplama hosil qiluvchilarning ko‘pgina xossalariga mos keladi. Bular amorf va kristall tuzilishga ega bo‘lgan quyidagi polimerlardir: vinil, akril, poliolefmlar, poli- amidlar, poliftoroleflnlar, pentaplast, selluloza efirlari va boshqalar. Bulardan tashqari, oligomerlardan (novolak tipidagi fenoloalde- gidlar, shellak, kanifol, bitumlar) ham foydalanilmoqda. Qoplama hosil qiluvchilarning kimyoviy tabiati, uning eruv- chanligi, termoplastikligiga ko‘ra eritmalar, suyuqlanmalar, suvli va organik dispersiyalar, aerodispersiyalardan (kukunli sistemalar) qoplamalar olinadi. K o‘p hollarda bu qoplamalar yaxshi mexanik va izolatsion xossalarga ega, biroq ularning adgeziya mustahkamligi ham past bo‘ladi. 13.5. Kimyoviy o ‘zgarishlar tufayli qoplama hosil bo‘lishi Qoplama hosil bo‘lishining bu turi asos—podlojkadagi yupqa qatlamda monomerlar yoki oligomerlar bilan kimyoviy reaksiyalar ketishini nazarda tutadi. Natijada chiziqsimon, tarmoqlangan yoki fazoviy tarmoqlangan polimerlar hosil bo‘ladi. Fazoviy (uch o ‘l- chovli) strukturali qoplamalarni polifunksional-monomerlarning o ‘zaro ta ’siri natijasida to ‘g‘ridan to ‘g‘ri yoki dastlab shakllangan ochiq zanjirli chiziqsimon yoki tarmoqlangan makromolekulalarni cheklash yo‘li (tikilish) bilan olish ko‘proq ahamiyatga ega. 105 Polimerlarning gomopolimerlanish reaksiyasi, sopolimerlanish (shu jumladan, blok va privitoy), polikondensatsiya, tuz hosil bo‘lishi yoki bir necha reaksiyalarning bir vaqtda amalga oshishi natijasida hosil bo'lishi mumkin. Qoplama hosil boiish tezligi dastlabki qoplama hosil qiluv- chilarning molekular massasi, ularning reaksiyaga moyilligi, solishtirma funksionalligi tezlatuvchi (katalizlovchi va initsirlovchi) agentlarga bog‘liq. Yupqa qatlamda reaksiya o'ziga xos tarzda kechadi: 1) qoplama solishtirma yuzasining kattaligi tufayli kom- ponentlar uchuvchan holatda bo'ladi, buni ayniqsa bug‘ bosimi yuqori bo'lgan monomerlarni ishlatishda hisobga olish zarur; 2) tashqi muhitning ta’siri kuchli, bu ayniqsa, kislorod va havo tarkibidagi suvda namoyon bo'ladi, u ijobiy ham, salbiy ham bo'lishi mumkin; 3) asos yuzasining o‘zi katalitik yoki ingibirlik ta ’sir ko'rsatishi mumkin. Qoplamalaming shakllanish davomiyligi hamma holatlarda ham kimyoviy reaksiya borishi tezligi bilan aniqlanadi, ularning xossalari esa jarayonning tugallanish darajasi bilan aniqlanadi. Bunda olinadigan qoplamalaming adgezion mustahkamligi, qoidaga ko‘ra, yuqori bo'ladi. Lok-bo‘yoq materiallarning qoplama hosil qilishidagi reaksion moyilligi va uni saqlash sharoitidagi turg‘unligi o ‘rtasida bir oz ziddiyat mavjud. LBM qotishga reaksion moyilligi uning asosdagi qoplama holatida qay darajada teng bo‘lsa, u massada joylashganida (saqlashda) ham shunday bo‘ladi. Bunday vaziyatdan turlicha yo'llar bilan chiqiladi: 1. Qoplama hosil bo ‘lishida agent sifatida tashqi m uhit kom ponentlaridan foydalanish. Masalan, o ‘simlik yog'lari va alkidlarning havodagi kislorod va poliuretan oligomerlarining havodagi suv ta’sirida qotishi. Bunda bitta materialda massada saqlashda turg‘unlikka erishiladi hamda uning yupqa qatlamda qotishiga moyilligiga erishiladi. 2. Reaksion moyilligi komponentlarni aralashtirgandan so‘ng namoyon bo‘luvchi ikki va ko‘p qadoqli LBM dan foydalanish (epoksid va poliefir loklar va bo‘yoqlar, ko‘pchilik poliuretanlar va b.). 106 3. Qoplamalar shakllanishida energetik ta ’sirlardan foydalanish — qizdirish, UB va radiatsiya nurlari bilan nurlantirish, elektr toki o'tkazish va b. LBM saqlashda bulaming ta’siridan foydalanilmaydi. Qoplama hosil b o iish jarayonini amalga oshirish sharoitidan qat’i nazar doimo uni tezlatish va minimal energetik xarajatlar qilishga harakat qilinadi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling