Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Qoplama hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy asoslari
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
13.3. Qoplama hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy asoslari
LBM ga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri — qattiq qop lamaning shakllanishi, ya’ni qoplama hosil qilishga moyillikdir. Qoplama hosil bo‘lishi davrida o ‘tadigan jarayonlarning fizik- kimyoviy xususiyatlari qoplama hosil qiluvchi moddaning tabiatiga bog‘liq; turli xil qoplama hosil qiluvchi (erituvchilar, suvli va organik dispersiyalar, erituvchisiz suyuq va kukunsimon tarkiblar) sistemalarga tegishli materiallar bir xil bo‘lmagan qoplamalar hosil qiladilar. Bu jarayonlar xarakteri va kinetikasini o‘zgartirib qop lamalarning shakllanish tezligi, ularning strukturasi va xossalariga ta ’sir qilish mumkin. Qoplama hosil qilish — materialning suyuq yoki qovushqoq- 103 oquvchan holatdan qattiq holatga o‘tib, asos yuzasida adgeziyalovchi qoplama hosil qilish jarayonidir. LBM qoplama hosil qilish ko‘pincha fizik jarayonlar natijasida sodir boMadi, ya’ni erituvchilar uchib chiqishi, latekslarning suv- sizlanishi va barqarorlashuvi, suyuqlanmalarning sovushi. Eritma- lardan koagulatsiya natijasida plyonka hosil qiluvchi qoplama shakllanishi mumkin, biroq bu hodisa kamroq yuz beradi. Ba’zi materiallar, asosan, oligomerlar va monomerlar, polimerlanish yoki polikondensatlanish kimyoviy jarayonlari natijasida, ba’zan bir vaqtda (ko‘pincha ketma-ket) o‘tadigan fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida qoplamalar hosil qiladi. Qoplama hosil bo‘lishi fazaviy yoki fizikaviy holatlarga, molekulalarning o ‘zaro joylashuvi va moddaning termodinamik xossalariga bog‘liq, shuning uchun qoplamalarda qoplama hosil qiluvchi (polimer) kristall shishasimon yoki yuqori elastik holatda bo‘lsa, bu qoplamalar ekspluatatsiya qilishga moyil bo'ladi. Qoplama hosil bo‘lishida qanday jarayonlar ketishidan qat’i nazar, ularning tashqi ko‘rinishini material qovushqoqligining asta-sekin yoki sakrab o ‘sishida o ‘z aksini topadi. Agar dastlabki material suyuq bo‘lsa, u holda jarayonning ma’lum bosqichida u qovushqoq-oquvchan, so‘ngra yuqori elastik holatda bo‘ladi, va nihoyat, qattiq shishasimon jism xossalariga ega bo‘ladi. S. N. Jurkov tasawuricha, polimerlaming shishalanishi, quyi molekulali qoplam a hosil qiluvchilarda b o ‘lganidek, zanjir zvenolarining o ‘zaro ta’sir energiyasi va issiqlik harakati nisbati bilan aniqlanadi. Zvenolarning issiqlik harakati molekula zanjirining uzunligi o ‘sgani va harorati pasaygani sayin keskin kamayadi va bu harakat molekular massa yoki qoplama haroratining m a’lum qiymatida ichki va molekulalararo o‘zaro ta’simi yengishga yetarli b o ‘lmaydi. Bu m akrom olekulalar zvenolari issiqlik harakati intensivligining kamayishiga, zanjirlar qattiqligining oshishiga va natijada materialning qovushqoqligi, qattiqligi va mustahkam- ligining o‘sishiga olib keladi. Oligomer qoplama hosil qiluvchilar qotgani sababli, ularning zanjirida polim erinalogik reaksiyalar ham bo‘lishi mum kin. Masalan, oksidlanish, sulfatlanish va boshqalar. Bunda qutblangan funksional guruhlar to ‘planib qoladi va natijada makromole- 104 kulaning qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, polimerning shishalanish harorati ortadi. Polimerlarda shishalanish jarayoni polimer solishtirma haj- mining (ozod hajm minimal miqdoriga yaqinlashgan holat) sakrab o'zgarishi va relaksatsiya jarayonlarining keskin kamayishi bilan boradi. Ayni vaqtda moddalarning qattiq holatiga xos bo‘lgan struktura (asosan, muvozanatda bo‘lmagan) shakllanishi yuzaga keladi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling