Plastmassalarni zichligi bo’yicha aniqlash Reja


Download 89.48 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi89.48 Kb.
#1756784
1   2   3   4
Bog'liq
Plastmassalarni zichligi bo’yicha aniqlash

Plastmassalar deb yuqori molekulali birikmalar ya’ni, polimerli bog‘- lovchilar, kukunsimon to‘ldiruvchilardan tashkil topgan va qotgach plastik- ligini to‘la yoki qisman yo‘qotadigan (zich molekulali va egiluvchan) kom- pozitsiyali materiallarga aytiladi. Yuqori molekulali birikmalar bir necha minglab, xatto yuz minglab atomlardan tashkil topadi. Ushbu birikmalarning makromolekulalari ko‘p marta takrorlanadigan muayyaan tuzilishli tizim- lardan iborat bo‘ladi.
Bitta makromolekuladagi tuzilish birligi soni polimerning polimerlash darajasi deyiladi. Past molekulali birikmalarning molekulyar massasi 500 dan kam bo‘ladi. Siyrak joylashgan molekulalardan zich molekulalarga o‘tish jarayoni “polimerizatsiya” deb ataladi. Ushbu siyrak va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni “oligomerlar” deyiladi.
O‘tgan asrning boshlarida organik moddalarni sintez qilish natijasida yuqori molekulali moddalar, ya’ni polimerlar olindi. (polimer yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “poli”-ko‘p, “mer”-qism, bo‘lak ma’nosini anglatadi). Ya’ni, polimerlar deb yuqori molekulali birikmalarga aytiladi.
Plastmassalarning tarkibi. Plastmassalarning asosiy komponentlari polimerli bog‘lovchilar, kukunsimon to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar va bo‘yovchi moddalardan iborat bo‘ladi.
Bog‘lovchi moddalar sifatida turli hil polimerlar ya’ni, sintetik smola- lar va kauchuklar, sellyuloza birikmalari ishlatiladi. Polimer bog‘lovchilar turi plastmassa buyumlarning texnik xossalarini belgilaydi: issiqga, kislotalarga, ishqorlarga va boshqa zararli moddalar ta’siriga bardoshligini, shuningdek, mustahkamlik, deformativlik tavsiflarini va x. k.
Polimerli bog‘lovchilar ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz, neft, toshko‘mir qatronlari, o‘simlik dunyosi va boshqa organik moddalar ishlatiladi. Sintetik materiallar ishlab chiqarishda havodan olinadigan azot, kislorod va boshqa moddalar ham ishlatiladi.
To‘ldiruvchilar anorganik va organik materiallar asosida olinadi. Ular tuzilishiga ko‘ra kukun va tolasimon bo‘ladi. Kukunlar sifatida kvars qumi, giltuproq, ohaktosh, dolomit va boshqa minerallarni maydalash hamda ularni boyitish yo‘li bilan olinadigan materiallar ishlatiladi. Tolasimon to‘ldiruvchilar sifatida esa asbest, shisha, bazalt va sh. k. chiqindilar ishla- tiladi. Qatlamli plastmassa olishda qog‘oz, mato, yog‘och shponlari va boshqa yupqa qatlamli materiallar ham ishlatiladi. Kukunsimon to‘ldiruvchilar plastmassa xossalarini yaxshilaydi va polimerli bog‘lovchilar sarfini tejaydi. Shuningdek, bunday to‘ldiruvchilar plastmassalarning issiqbar doshligini, kimyoviy chidamliligini, tolasimon hamda matoli to‘ldiruvchilar esa ularning cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligin oshiradi ya’ni, armatura vazifasini o‘taydi.
Plastiklovchilar bu polimerlarning yuqori elastikligini oshirish va mo‘rtligini kamaytirish uchun qo‘shiladigan moddalardir. Plastiklovchilar sifatida ayrim past molekulali suyuqliklar (olein kislotasi, kamfora va h.
k.) ishlatiladi. Suyuqlik molekulalari polimer zanjirlari orasiga joyla- shib olib, ular orasidagi masofani kattalashtiradi va o‘zaro bog‘lanishlarni kuchsizlantiradi.
Qotiruvchilar plastmassaning qotish jarayonini tezlashtiradi. Bunday komponentilar sifatida kislotalar va ishqorlar, orgono-mineral komple- kslar va sh. k.lar ishlatiladi.
Stabilizatorlar plastmassa xossalari va tuzilishining vaqt bo‘yicha saqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, ular plastmassalarni quyosh nuri, havodagi kislorod va boshqa gazlar, issiqlik va sh. k muhitlar ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bo‘yoqlar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Bo‘yovchi tarkiblar sifatida organik (nigrozin, xrizodin va x. k) va mineral pigmentlar (oxra, mumiyo, surik, ultromarin va h. k) ishlatiladi.
Poroforlar plastmassa tarkibida g‘ovaklik hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Bunday moddalar plastmassani ko‘pirtiradi va ular qattiq, suyuq yoki gazsimon xilda bo‘ladi.

Download 89.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling