Plastmassalarni zichligi bo’yicha aniqlash Reja
Plastmassalarning asosiy xossalari
Download 89.48 Kb.
|
Plastmassalarni zichligi bo’yicha aniqlash
Plastmassalarning asosiy xossalari. Plastmassalar qurilish mate- riallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichlari yuqori ya’ni, massasi kam, mustahkamligi yuqori materiallardir. Plastmassalarning xaqiqiy zichligi 0,8...1,8 g/sm3, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi. Ularning mustahkamligi keng oraliqda o‘zgaradi. Kukun va tolasimon to‘ldiruvchili plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120...160 MPa, yog‘och plas- tikniki 200 MPa, ShTAM (shishatolali anizotrop material) niki 420 MPa.
O‘ta yengil g‘ovakli plastmassalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi 0,03 Vt/(m 0S) ya’ni, havoning issiqlik o‘tkazuvchanligiga yaqin. Plastmassalar turiga qarab ishqorlar, kislotalar, organik eritmalar va boshqa zararli muhitlar ta’siriga nisbatan yuqori chidamlilikga ega bo‘ladi. Yuqori zich- likka va mustahkamlikka ega bo‘lgan plastmassalar esa yedirilishga va zarbga bardoshlidir. Ba’zi to‘ldiruvchilarsiz tayyorlangan plastmassalar shaffof va yuqori optik xossalarga ega bo‘ladi. Oddiy shisha 1 % dan kam ultrabinafsha nur- larini o‘tkazadi, organik shisha esa 70 % dan ko‘proq nurlarni o‘tkazadi. Ular turli hil ranglarga oson bo‘yaladi. Bunday plastmassalarning zichligi nis- batan kam bo‘ladi. Plastmassalar texnologik jihatdan oson ishlanadi ya’ni, ularni arralash, randalash, parmalash va boshqa ishlovlar berish mumkin. Plastmassa material va buyumlarni o‘zaro va boshqa materiallar, masalan, metall, yog‘och va sh. k.lar bilan yelimlab turli hil shakldagi kombinatsiyalangan brikma hamda kons- truksiyalarni tayyorlash mumkin. Plastmassa xom ashyosiga turli usullarda ishlov berib ya’ni, bosim ostida quyib polistrol plitkalar, uzluksiz profillab siqib chiqarish orqali quvurlar, uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar, tutqich va plintuslar, o‘rama materiallar (linoleum), eshik dastalari, issiqlayin presslab qog‘oz qatlamli plastiklar tayyorlanadi. Plastmassa va boshqa kompozitsiyali polimer materiallar o‘ziga xos kamchi- liklarga ham ega. Ko‘pchilik plastmassalarning issiqbardoshligi 70...200 0S atrofida bo‘ladi. Plastmassalarning issiqdan chiziqli kengayish koeffi- sientining yuqoriligi ularning asossiy kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Uning ushbu kamchiligi boshqa materiallar bilan kompozitlar tayyorlashda tarkibiga to‘ldiruvchilar kiritish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Plastmassalarning vaqt davomida plastik (qaytmas) deformatsiyasining ortishi ham uning kamchiligi hisoblanadi. Ba’zi plastmassalar yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlar chiqaradi va atrof-muhitni toksinlaydi. Plastmassalarning yana bir kamchiligi quyosh nuri ta’sirida eskirishi va tob tashlashidir. Plastmassa materiallar va buyumlari keyingi yillarda qurilish sohasida keng qo‘llanilmoqda. Chunki plastmassa asosida qulay va arzon zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish qurilish sanoati uchun eng muhim vazifalardan biridir. Download 89.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling