Plazma haqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki. Yarim o‘tkazgich-larda elektr toki. Yarim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi p–tipidagi va n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda


Download 188.18 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi188.18 Kb.
#1600202
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika3

Plazma haqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki. Yarim o‘tkazgich-larda elektr toki. Yarim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. p–tipidagi va n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi

plazma

  • Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi taʼsirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P. holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi.

Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki

  • Yarim o’tkazgichlarnimng elektr o’tkazuvchanligi temperaturaga, aralashmalarga va boshqa energetik tasirlarga bog’liq, shuning uchun qiymati keng intervalda o’zgaradi. O’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi 106 108 om-1.m-1 oraliqda o’zgarsa izalyatorlarda 10-9om-1.m-1va bundan kichik qiymatlarga ega. Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi 10-8105 om-1m-1 intervaldagi qiymatlarni qabul qiladigan qilib olish mumkin. Metallarda elektr o’tkazuvchanlik temperatura va aralashmalarning konsentratsiyasi ortishi bilan kamayib boradi. Bunga sabab shuki elektronlar sochilish temperaturaning ko’tarilishi va aralashmalarning konsentratsiyasi ko’payib borishi bilan ortib boradi.Chunki elektronlarning ionlar va kristall panjarasining nuqsonlari bilan bo’ladigan to’qnashish ehtimolligi kattalashadi. Natijada elektronlarning erkin yugurish yo’li qisqara boradi

Download 188.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling