Pnevmokimyo. R. Boyl va ilmiy kimyo. Gazlarni o'rganisii bosqiciilari
Download 0.75 Mb.
|
6- PNEVMOKIMYO (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iogann Baptist Van Gelmont (.1577-1644)
PNEVMOKIMYO. R. BOYL VA ILMIY KIMYO. GAZLARNI O'RGANISII BOSQICIILARI
Gaz moddalari kimyosining rivojlanishida o‘sha zamonning texnikaviy ehtiyojlari turtki berdi. Masalan, metallarga ishlov berishda murakkab moddalarni oksidlash va qaytarish kabi kimyoviy jarayonlarni o‘rganishga bo‘lgan talabning amaliy ahamiyati kundan-kunga ortib borar edi. Moddalarni qayta ishlash kimyoviy jarayonlarida ularning tarkibidan gaz moddalari ham ajralib chiqadi.Fanda flogiston nazariyasi hukmronligi davrida analitik va texnikaviy ta’limot yo’nalishlarining bir qismi hisoblangan pnevmatik kimyo yo‘nalishi endilikda tabiatshunos olimlarning ham e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning tarkibiy qismi bo’lgan gazlarga qiziqish olimlar tomonidan asta sekin pnevmokimyoni shakllantirishga yo‘l ochib berdi.
Iogann Baptist Van Gelmont (.1577-1644)Iogann Baptist Van Gelmont (1577-1644) pnevmokimyo yo'nalishiga asos solgan. Gazlar bilan uzoq yillar tajriba olib borgan olim ishni dastlab o'simliklar va ularning o'sishiga e'tibor qildi. U daraxtni og‘irligi о‘lchangan 200 funt tuproqqa о‘tqazdi va tajribani 5 yil davomida har doim sug’orib va ozuqa berib miqdorlarini o’lchab bordi. 5 yildan so'ng daraxt barglari bilan 169 funtni tashkil etdi. Olim daraxt tanasida tirik to 'qimalar manbaini topish uchun bu o'lchovlari orqali birinchi bo'lib kimyo va biologiyadagi miqdoriy tajribalarni amalga oshirdi. Van Gelmontgacha havo va unga о'xshash moddalarga e’tiborini qaratganlar. Kimyogarlar ichida birinchi bo’lib Van Gelmont ayrim reaksiyalar jarayonida hosil bo'ladigan bug'larga e’tibor berdi va ularni o'rganishni boshladi. U bug‘lar nimasi bilandir havoni eslatishini, ammo kо‘p jihatlari bilan undan farq qilishini aniqladi. U daraxt yonganda hosil bo'ladigan bug'lar, о'zini boshqacha tutsa ham havoga о’xshashini topdi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling