Pnevmokokk infeksiyasining oldini olish va undan saqlanish qoidalari


Download 84.96 Kb.
bet3/5
Sana24.01.2023
Hajmi84.96 Kb.
#1117039
1   2   3   4   5
Bog'liq
pnevmakok infeksiyasi

Epidemiologiyasi


Meningokokkli infeksiya antroponoz kasalliklar guruhiga mansub. Kasallik manbai meningit, meningokokksemiya, nazofaringit bilan og'rigan bemor odam va meningokokk akteriyasini tashib yuruvchi sog'lom odamlar hisoblanadi. Ayniqsa nazofaringit bilan og'riganlar atrofdigilarga xavflidirlar, chunki kasallikning bu shakli bilan og'riganlar tibbiyot nazoratiga kamdan-kam murojaat qiladilar. Murojaat etsa ham «O'tkir respirator kasallik» tashxisi bilan cheklanib, xususiy tekshiruvlar amalga oshmay qolaveradi. Bemorlar mehnat faoliyatlarini davom ettirib yuraveradilar va atrofdagilarning kasallanishlarida xavfli bo'lib qoladilar. Bakteriya tashuvchilari ham kasallikning yuqishida asosiy o'rinni egallaydilar. Ayniqsa tibbiyot xodimlari uchun xavfli hisoblanadi. 30—40-yillarda G ramashevskiy meningokokk tashuvchilarining miqdoriy o'zgaruvchanligini o'rgandi: epidemiya vaqtida tashuvchilar miqdori ko'payishi va kasallikning darajasi yuqori bo'lishiga e’tibor qaratadi. Yuqish mexanizmi — havo-tomchi, aerogen yuqish yo'li havotomchi. Meningokokklar tashqi muhitga chidamsiz, kasallik bemorlardan sog'lom odamlarga yuqishi uchun davomli muloqot bo'lishi kerak, masalan, bolalar bog‘chasi, yaxshi shamollantirilmagan uy xonalari,
yangi tug'ilgan chaqaloqlarga kasallik ota-onalar yoki qarindoshlar orqali yuqadi. МоуД organizm 5 yoshgacha bolalar hisoblanadi. Yuqumlilik indeksi — 10-15%. Meningokokkli infeksiyaga har 8—30 yilda davriy ko'tarilish xos. Sababi to'liq o'rganilmagan. Mavsumiylik — yoz-qish-erta bahor oylari hisoblanadi (fevralmay). Meningokokkli infeksiya hamma yoshda uchraydi, kasallikning 70— 80% bolalarning 1, 3 yoshiga to'g'ri keladi. 3 oylikgacha bo'lgan bolalar onasidan o'tgan passiv immunitet hisobiga kamdan-kam kasallanadi, lekin amaliyotda yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham kasallanganligi aniqlangan. Meningokokkli infeksiyada yuzaga keladigan o'lim holati bir qancha omillarga bog'liq. Bular bolalar hayotining birinchi yilida yuzaga keladigan premorbid fon va qariyalardagi yondosh va surunkali kasalliklardir. Kasallikka yoz vaqtida tashxis qo'yib davolash ham katta ahamiyatga ega.

Download 84.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling