Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Televideniye-davr taqozosi sifatida
Download 34.36 Kb.
|
1-Mavzu
Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Mazkur majmua 2- jadval ko‘rinishida keltirilgan. Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bir biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida ko‘rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar. Ammo YuNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o‘zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.2 MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi: – Media savodxonlik; – Axborot savodxonligi; – O‘z fikrini erkin bayon etish savodxonligi; –Kutubxona savodxonligi; – Yangiliklar savodxonligi; – Kompyuter savodxonligi; – Internet-savodxonligi; – Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik; – Kinosavodxonlik; – Elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi; –Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik. Mazkur tushunchalar o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Ularning ko‘pchiligi turli xil bahslarga sabab bo‘lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga qarab turlicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi: – Media savodxonlik; – O‘z fikrini erkin bayon etish; – Kutubxona savodxonligi; – Yangiliklar (axborot) savodxonligi; – Internet-savodxonlik; – Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi); – Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko‘pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o‘z ichiga oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida ushbu ikki yondashuv uyg‘unligiga intilgan holda YuNESKO MAS atamasini ilgari suradi. Download 34.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling