Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Televideniye-davr taqozosi sifatida


Download 34.36 Kb.
bet6/10
Sana26.01.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1126044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu

Birlamchi manbalar – bu original manbalar bo‘lib, ular axborotni izohlamaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, original san’at asarlari, qo‘lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og‘zaki hikoya/intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo‘lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va muayyan vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi manbalar sifatida axborotni yetkazib beruvchilar maydonga chiqadi. Bu holatda axborot o‘zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma’lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o‘zida nufuzli yoki xolis axborotni mujassam etmaydi. Axborotni sub’ektiv baholash holatlarini tekshirilgan ikkilamchi manbalardan foydalanib 16 bartaraf etish mumkin. Ikkilamchi manba muayyan soha yoki muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Uchlamchi manbalar – bu tashkil etilgan va o‘zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o‘zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo‘llanmalar, ensiklopediyalar, ko‘rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma’lumotlar bazasi va h.k.) manbalardir.
1.5. MAS: kompetensiyalar va asosiy unsurlar
Axborot savodxonligi
Jurnalistning axborot savodxonligi qaror qabul qilish va borliqning dolzarb muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi. Bunday bilimga ega bo‘lgan jurnalist quyidagi bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
–tanqidiy tafakkur,
– axborotni tahlil qila bilish va undan keyingi bosqichda materialda ko‘tarilgan muammoni hal etishda foydalanish,
– mustaqil ta’lim olish qobiliyati,
– davlat faoliyati va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga imkon beruvchi shaxsiy media-resurslarni yaratish. Kasbining ustasi bo‘lgan jurnalist o‘z oldiga qo‘yigan maqsad- vazifalaridan kelib chiqqan hamda axloqiy qoida va me’yorlarga tayangan holda axborotni qanday to‘plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladi.
Jurnalistning axborot savodxonligi o‘z ichiga qo‘yidagi ko‘nikmalarni oladi:
– OAV kanali axborot ehtiyojlarini aniqlash/anglash: Unga nima kerak? U qandday muammoni hal qilishga urinmoqda?
– Aniqlangan axborot manbalaridan samarali foydalanish: rasmiy hujjatlar, ekspert fikrlari, voqea ishtirokchilari, Internet ma’lumotlari, radio- va telesyujetlar, kitoblar va h.k. Birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish zarur? Bu ham axborot izlash jarayoniga kiradi: Axborotni qaerda izlash maqsadga muvofiq? Yordam olish uchun kimga murojaat qilish lozim?
– Axborot sifatini tahlil qilish va uni baholash: axborotning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlash.
– Axborotni tashkil etish, saqlash yoki arxivlash: ko‘plab axborot manbalaridan olingan axborotni qanday qilib samarali tashkil etish mumkin? Ya’ni jurnalistning shaxsiy arxivini yaratish haqida gap boradi.
– Axborotdan foydalanishda axloq me’yorlariga rioya qilish.
– Shaxsiy axborot kontentini yaratish va uni taqdim etish usullari.
Axborot savodxonligi jurnalist materialini tayyorlashda zarur bo‘lgan muayyan hajmdagi axborot to‘planganini anglash imkonini beradi.

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling