Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Televideniye-davr taqozosi sifatida


Download 34.36 Kb.
bet10/10
Sana26.01.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1126044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu

Estetik va kreativ ko‘nikmalar:
– Bo‘lajak jurnalist real voqelikka asoslangan faktlar yordamida syujet yarata oladi. Syujetni yaratish jarayonida qahramonining tajriba va hissiyotlarini o‘ziniki bilan taqqoslaydi, ya’ni u shaxsiy qadriyatlarini mediada taklif etilganlar bilan taqqoslashni biladi.
Mediakontentdagi mantiq, hissiyot va obrazlarning tarozida teng bo‘lishini ta’minlaydi.
– Talaba mediamatnda o‘z individualligini namoyon qila oladi.
– U amaliyotda mualliflik huquqlarining asosiy tamoyillarini qo‘llay oladi.
Interfaollik ko‘nikmalari:
– Talaba-jurnalist mediamakonda turli rollarni bajarishi mumkin.
– Talaba medialarda taqdim etilgan turli qarash, nuqtai nazarlarni qabul qiladi hamda bahs-munozaralarda faol qatnashadi.
– U so‘z erkinligi tamoyilini to‘laqon tarzda tasavvur qiladi va undan foydalanadi, mediadagi xususiy va ommaviy makon farqini tushunadi, mediaga jalb qilinishning turli usullarini aniqlay oladi.
– U vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga qodir, media orqali maqsadli ravishda muloqotga kirishadi va turli ijtimoiy muammolar bo‘yicha ommaviy bahslar davomida faol fuqarolik pozitsiyasini egallaydi.
Xavfsizlik ko‘nikmalari:
– Bo‘lajak jurnalist mediaauditoriya tarkibini, uning ijtimoiy-demografik tavsifini biladi, axborotning muayyan auditoriya guruhlariga ta’siri texnologiyasini biladi.
– U media foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlarini biladi va ulardan foydalanadi.
– Yosh jurnalist Internetda ishlash jarayonida axloq me’yorlariga rioya qiladi, axborotni himoya qiladi va virtual makonda axborot konfidensialligini ta’minlaydi.
Axborotni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar:
– Bo‘lajak jurnalist shaxsiy kontentini tayyorlash jarayonida turli manbalardan olingan axborot bilan ishlashni biladi. Shu bilan birga saralangan axborotni qayta ishlashni biladi va uni baholashda turli usullardan foydalanadi.
Mavzu bo‘yicha topshiriq
1. Oilaviy tadbirkorlik masalasiga bag‘ishlangan tahliliy material tayyorlash zarur. Bunda jurnalist manbalar bilan qanday ishlaydi?

1 www.advesti.ru/ glossary/desk/1952

2 Қаранг: Catts, Ralph & Lau, Jesus, 2008

3 Винер И. Кибернетика и общество. – М.: ИЛ, 1958. - С.31.

4 Ирназаров К.Т., Маматова Я.М. Информация в печати (Краткий курс лекций). – Т.: НУУз, 2000. – С. 6.

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling