Podshipniklar


Download 37.26 Kb.
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1716190
1   2   3
Bog'liq
podshipniklar

Chegaraviy ishqalanishda valning va ichquymaning yuza qismi mikronotekisliklari mоуlash materialining juda yupqa pardasi (ularning qalinligi odatda 0,1 ...0,3 mkm) orqali o‘zaro ta’sirlashadi. Moy qatlamining mana shunday qalinligida chegaraviy moy pardasi qovushqoq suyuqlik sifatidagi o‘z xossalarini yo’qotadi. Harakatga bo’lgan qarshilik ham moyning xossalariga, ham val va ichqo'yma materiallariga, shuningdek podshipnikni ishlatish maromining sharoitlariga ham bog‘liqdir. Bu holatda ishqalanish koeffitsiyentining qiymatlari f=0,25 gacha borishi mumkin.
Suyuq ishqalanishda val va ichquymaning ishchi yuzalari moy qatlami bilan to‘liq ajraladi (18.2-rasm, a) bu holda podshipnikdagi ishqalanish faqat moyning xossalariga bogiiq bo‘lib, gidro- dinamikaning qonuniyatlari bilan aniqlanadi. Suyuq ishqalanish koeffitsiyenti f— 0,001.,.0,005 oraliqda yotadi.
Nimsuyuq ishqalanishda ishqalanuvchi yuzalar oralig’idagi moy qatlami mikronotekisliklarni bir qadar to’ldirsada ularni batamom ajratish uchun yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun mikronotekisliklarning bir qismi o‘zaro chegaraviy ishqalanish sharoitlarida ta’sirlashadi (18.2- rasm, b) kontakt yuzasining boshqa qismlarida suyuq ishqalanish yuz beradi. Nimsuyuq ishqalanishda ishqalanish sirtlarida zarrachalarsiz ham yeyilish hodisasi kuzatiladi. Bu holda ishqalanish koeffitsiyentining qiymati f = 0,008…0,l oraliqda yotadi.
Shunday qilib, sirpanish podshipniklarida suyuq ishqalanish maromi hosil bo’lishi uchun quyidagi asosiy shartlar bajarilishi lozim:

  1. Sirpanayotgan yuzalar o‘rtasidagi tirqish ponasimon shaklda bo’lishi.

  2. Ma’lum qovushqoqlikdagi moy ponasimon tirqishga uzluksiz yetkazilib turishi.

3. Yuzalar nisbiy harakatining tezligi tashqi yuklamani muvozanatlashga qobiliyatli moy qatlamidagi bosimni hosil qilishga yetarli bo’ishi.



Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling