Podshipniklar


Download 37.26 Kb.
bet3/3
Sana22.10.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1716190
1   2   3
Bog'liq
podshipniklar

Dumalsh podshipniklari
Dumalsh podshipniklari sirpanish podshipniklaridan tubdan farq qilib, sirpanib ishqalanish asosida emas, balki dumalab ishqalanish tamoyilida ishlaydi.
Ularni qo’llashda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin;

  • podshipnikni moylash tizimi va unga xizmat ko’rsatish osonlashadi;

  • moylash maromming qisqa muddatli uzilishlarida podshipnikning yemirilish xavfi kamayadi;

  • dumalash podshipnigining tuzilishi uni ommaviy tarzda andozaviy shakllarda ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa uning tannarxini ancha kamaytiradi.

Ichki diametri d=0,06 mm, tashqi diametri D=2 mm; eni B=0,8 mm va massasi 0,015 g bo‘lgan jajji, hamda o'lchamlari mos holda d-12 m, D=14 m, B=0,45 m va massasi 130 t bo’lgan ota yirik dumalash podshipniklari ma’lum. Ularning afzalliklari yana ishga tushirishdagi kichik ishqalanish momentlarida, kichik o‘qiy o’lchamlarga egaligida, batamom o‘zaro almashmuvchanligida, rangli metallarning kam ishlatilishida ham namoyon bo’ladi.
Dumalanish podshipniklarining quyidagi kamchiliklari mavjud:

  • katta radial oichamlarga egaligi;

  • xizmat muddati va imkoniyatini cheklovchi katta kontakt kuchlanishlarning mavjudligi;

  • tebranishlami va zarbli yuklanishlami kamroq so’ndirish qobiliyati;

  • shovqin bilan ishlashi;

  • cheklangan tezkorlikka egaligi;

  • kichik turkumli ishlab chiqarishda taimarxining yuqoriligi.

Podshipniklar dumalash jismlarining shakli bo‘yicha sharikli (19.1-rasm) va rolikli (19.2-rasm) turlarga ajratiladi. Roliklaming shakli qisqa va uzun silindrsimon, konussimon, sferasimon, ninasimon, g'ovak, sirti o’ramli bo'lishi mumkin.






Dumalsh jismlaming qatorlari soniga ko’ra bir, ikki va ko’p qatorli podshipniklar farqlanadi.
Tuzilish belgilariga ko'ra o‘zi ish sharoitidan kelib chiqib maqbul holatni egallaydigan va egaliamaydigan turlarga bo'linadi.
Titrash darajasi bo‘yicha me’yoriy, kamaytirilgan va past darajali titrashga ega podshipniklar farqlanadi.
Ninasimon podshipniklarni qo‘llash katta yuklanishlarda tashqi olchamlarni (diametmi) kichraytirishga imkon yaratadi.
Tirak podshipniklar esa o‘q bo‘yicha yo‘nalgan yuklamalarni qabul qilishga mo‘ljallangani uchun valning bir muncha qiyshashiga chidamsizdir.
Barcha podshipniklar yuqori mustahkamlikka ega podshipniklar uchun maxsus po‘latlardan tayyorlanadi hamda yuqori qattiqlikni ta’minlash uchun termik ishlov beriladi.
Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling