Podshipniklar
Download 37,26 Kb.
|
podshipniklar
Dumalsh podshipniklari
Dumalsh podshipniklari sirpanish podshipniklaridan tubdan farq qilib, sirpanib ishqalanish asosida emas, balki dumalab ishqalanish tamoyilida ishlaydi. Ularni qo’llashda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin;
Ichki diametri d=0,06 mm, tashqi diametri D=2 mm; eni B=0,8 mm va massasi 0,015 g bo‘lgan jajji, hamda o'lchamlari mos holda d-12 m, D=14 m, B=0,45 m va massasi 130 t bo’lgan ota yirik dumalash podshipniklari ma’lum. Ularning afzalliklari yana ishga tushirishdagi kichik ishqalanish momentlarida, kichik o‘qiy o’lchamlarga egaligida, batamom o‘zaro almashmuvchanligida, rangli metallarning kam ishlatilishida ham namoyon bo’ladi. Dumalanish podshipniklarining quyidagi kamchiliklari mavjud:
Podshipniklar dumalash jismlarining shakli bo‘yicha sharikli (19.1-rasm) va rolikli (19.2-rasm) turlarga ajratiladi. Roliklaming shakli qisqa va uzun silindrsimon, konussimon, sferasimon, ninasimon, g'ovak, sirti o’ramli bo'lishi mumkin. Dumalsh jismlaming qatorlari soniga ko’ra bir, ikki va ko’p qatorli podshipniklar farqlanadi. Tuzilish belgilariga ko'ra o‘zi ish sharoitidan kelib chiqib maqbul holatni egallaydigan va egaliamaydigan turlarga bo'linadi. Titrash darajasi bo‘yicha me’yoriy, kamaytirilgan va past darajali titrashga ega podshipniklar farqlanadi. Ninasimon podshipniklarni qo‘llash katta yuklanishlarda tashqi olchamlarni (diametmi) kichraytirishga imkon yaratadi. Tirak podshipniklar esa o‘q bo‘yicha yo‘nalgan yuklamalarni qabul qilishga mo‘ljallangani uchun valning bir muncha qiyshashiga chidamsizdir. Barcha podshipniklar yuqori mustahkamlikka ega podshipniklar uchun maxsus po‘latlardan tayyorlanadi hamda yuqori qattiqlikni ta’minlash uchun termik ishlov beriladi. Download 37,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling