«Birlashgan o‘zaro, birlashmagan to‘zar» deb atalgan maqolini keltirish joizdir. Rus bosqini boshlanganda, xonliklarning birlashib, bosqinchilarga qarshi kurashi g‘alaba keltirishi muqarrar edi. Biroq unday bo‘lmadi. Xonliklar bir-birlarini himoya kilmadilar. Ular hatto dushmanlik yo‘liga utdilar. Qo‘qon xoni Xudoyorxonning o‘z xomiysi Buxoro amiriga nisbatan xoinona ish tutib, yordam o‘rniga Jizzaxni eg‘allagan general Romanovskiyga tabrik telegrammasi yuborganligi fikrimizning isbotidir. (Bu haqda O‘zbekistonning yangi tarixi. «Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida», T. 2000 yil kitobining 99-100 betlaridan o‘qib olishi mumkin.)
Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlarni boshqarish va bu harakatlarni yana davom ettirishni muvofiqlashtirish uchun 1867 yilning 11 iyulida Turkiston general gubernatorligini ta’sis etdi va unga general K. P. Fon Kaufman tayinlandi. U mustaqil urush e’lon qilish, sulh tuzish va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega edi. Fon Kaufman 1868 yilning 1 yanvarida Toshkentga keldi. U ham Chernyayev kabi o‘lkadagi xunrezliklarni niqoblash maqsadida nayrangbozlik qilib, bir guruh tub aholi vakillarini o‘z hukumati bilan kelishgan holda Peterburgga yuborishga qaror qildi.Shu maqsadda u yerlik ayrim sotqinlarni topib, Peterburgga jo‘natdi.Ular 59 kishi imzo chekib, muhr bosgan. Turkiston aholisining Rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, o‘lkaning imperatorga abadiy sodikligini izhor etuvchi maktubni podshoga topshirganlar. Bu sotqinlar aslida Vatan va xalq irodasini ifodalashga ma’naviy huquqlari yo‘q edi. Shu tariqa podsho ma’murlari Turkiston general gubernatorligi tarkibidagi aholi guyo o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |