Poelografik tadqiqot tahlili
Download 0.59 Mb.
|
poleografik tadiqot tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
POELOGRAFIK TADQIQOT TAHLILI Режа:
Paleografiya mustaqil fan sifatida diplomatika (qadimgi hujjatlar, yorliqlar va yozma manbalarning haqiqiyligini aniqlovchi soha)dan ajralib chiqqan.Paleografiya mustaqil fan sifatida diplomatika (qadimgi hujjatlar, yorliqlar va yozma manbalarning haqiqiyligini aniqlovchi soha)dan ajralib chiqqan.
harflarning grafikasi va xususiyatlarini; harflarning rivojlanishini; yozuvning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; qo‘lyozmadagi matnni xatosiz o‘qiy olish; qo‘lyozma manbaning yozilgan vaqtini aniqlash; qo‘lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qo‘lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki ekanligini aniqlash qo‘lyozma kim tomonidan yozilganligini belgilash; qo‘lyozma harflari harflarning yozilish xususiyatlari yozuv turi qo‘lyozmaning materiali yozuv qurollari qo‘lyozmada ishlatilgan bezaklar qo‘lyozma yozilgan siyoh qo‘lyozmadagi tamg‘alar va muhrlar xususiyati qo‘lyozmaning formati qo‘lyozma muqovasi va boshqa tashqi belgilar
Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar doirasini balki, ma`lum amaliy maqsadlarda so`nggi davrlar, hatto hozirgi zamon yozuv materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda. Paleografiya fani XVIII asr boshlarida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida ham keng yoyiladi. Baʼzi tadqiqotchilar qad. qoʻlyozmalarni oʻqiy olish malakasiga ega boʻlish, qoʻlyozmani ekspertiza qilish va uning haqik,iy yoki soxtaligini aniqlash, yozma manbalarning izoxli toʻplamlarini nashr etish kabi ishlarni ham Paleografiyaning vazifasi deb hisoblaydilar. Holbuki, bunday ishlar matnshunoslik, manbashunoslik, diplomatika kabi soxalar doirasida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda yozma yodgorliklarning aksariyati arab yozuvida boʻlganligi sababli arab Paleografiyasi bir kadar rivojlangan. Bu sohadagi tadqiqotlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, qisman tegishli muzeylarda amalga oshirilmoqda. Paleografiya fani orqali har bir tadqiqotchi tarixiy haqiqatni yanada aniqroq va to`laroq ko`rishga qodir bo`ladilar. Insoniyat tarixida turli xil yozuvlar mavjud bo`lgan. Ularning har biri o`zgacha bo`lib, bu yozuvlar orqali o`sha xalqlarning tarixini yanada yaxshiroq o`rganishga imkon beradi. Darhaqiqat, paleografiyada buyumlar sirtiga yozilgan yozuvning shakli, grafikasi, ishlatilingan- siyoh turi, yozuv quroli kabilarni o`rganishham muhim hisoblanadi. Olib boriladigan paleografik tadqiqotlar nafaqat qadimgi yozuvlarning deshifrovkasini yaratish va o`rganishdan tashqari, hozirgi kunda ham mavjud bo`lgan yozuv-larni tadqiq qiladi. Paleografiya fani fan sifatida XVIII asr boshlarida shakllangan bo`lsada, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Demak, qadim-gi zamonlarda ham yozuvlar tarixini o`rganish va tadqiq etish muhim hisoblangan.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling