Poetika (yun poietike poetik sanʼat) badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi


Download 13.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1745370
Bog'liq
ritorika (1)



Poetika
Poetika (yun. poietike — poetik sanʼat) —
badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi
haqidagi fan, eng qad. adabiyotshunoslik
fani. Keng maʼnoda P. adabiyot nazariyasi
tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot
nazariyasi sifatida P. adabiy tur va janrlar
xususiyatini, oqim va yoʻnalishlar, uslub
va metodlarni oʻrganadi hamda badiiylik
darajasi oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va
oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq
etadi.


P. 3 tarkibiy qismdan iborat: umumiy P.,
tavsifiy (xususiy) P., tarixiy P. Umumiy P.
har qanday asarning badiiy vositalari va
qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur
va jinslarga qarab muallif niyatining
mujassamlanish usullarini tadqiq etadi.
Tavsifi y P. ayrim olingan bir muallif
asarlarining yoki davrlar va
yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlarini
aniqlaydi. Tarixi y P. badiiy vositalar
taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar,
qofiyalar) va kategoriyalarni (badiiy qilib
berilgan zamon, makon, ritm) oʻrganadi.
"P". termini dastlab Aristotelning
"Poetika" asarida qoʻllangan. Bu asar
badiiy asar va uning tiliga oid nazariy


masalalarni yoritishda dastlabki
asarlardan hisoblanadi. Asarda yunon
adabiyotidagi ilk realizm nazariyasi
haqida maʼlumot berilgan. Buyuk
vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ham
ushbu asar taʼsirida "Shoirlar sanʼati
qonunlari haqida risola"sini yozgan.
Realistik adabiyotning klassitsizm
bosqichi haqidagi nazariy masalalar
fransuz olimi va shoiri N. Bualonnng
"Poetik sanʼat" asari (1674)da yoritildi.
Bualo bu asarida klassitsizm poetikasi
asoslarini yaratdi, bu oqim uchun xos
boʻlgan xususiyatlarni ochib berdi va
ularni badiiy ijod qonuniyatlari sifatida
talqin qildi. Klassitsizm nazariyasining
dogmatik gʻoyalariga qarshi kurashda


fransuz yozuvchisi va faylasufi D.
Didroning "Dramatik poeziya haqida"
(1758), G. Lessingning "Gamburg
dramaturgiyasi" (2 j.li, 1767—69) asarlari
vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda
erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari,
hayotni dinamik tarzda tasvirlash
talablari nazariy asoslandi.
Musulmon Sharqi adabiyotida P. 3
qismdan: 1) ilmi aruz, 2) ilmi qofiya, 3)
ilmi badiʼdan iborat maxsus fan sifatida
shakllangan va bu fanning mazkur
yoʻnalishlari boʻyicha koʻplab ilmiy asarlar
yaratilgan (Shayx Ahmad Taroziyning
"Funun ul-balogʻa", Atoulloh Husayniyning
"Ba-doiʼ ussanoyiʼ" va boshqalar).


Adabiy-badiiy mezonlar, yaʼni P.ning
muayyan qonun-qoidalari ayrim adabiy
yoʻnalish, oqim va maktablarda, alohida
xalqlarda (tasavvuf sheʼriyati P.si, xalq
dostonchiligi P.si, maʼrifatparvarlik
adabiyoti P.si, Sharq adabiyoti P.si, uzbek
adabiyoti P.si kabi), hatto buyuk qalam
sohiblari ijodida pishgan, puxta ishlanib,
sayqal topgan (Navoiy P.si, Bobur P.si,
Qodiriy P.si va boshqalar).
Uzbek filologiyasi tarixida P. boʻyicha
dastlabki kuzatishlar "Qutadgʻu bilig"
(Yusuf Xos Xojib), "Devonu lugʻotit-turk"
(M. Koshgʻariy) asarlaridan boshlangan.
Sheʼr nazariyasini rivojlantirishda
Navoiyning "Muhokamat ul-lugʻa-tayn",


"Mezon ul-avzon", Boburning "Muxtasar"
asarlari muhim rol oʻynadi. Adabiyot va
sanʼatning yuksak badiiyligi, goyaviyligi
uchun kurash borgan va bo-rayotgan
keyingi davrlarda uzbek
adabiyotshunoslari ham P. masalalarini
tadqiq etishga katta eʼtibor berdilar.
Navoiy ijodi P.sini oʻrganishda V. Zohidov,
M. Shayxzoda, A. Hayitmetov, Yo. Isoqov
va boshqalarning tadqiqotlari, Qodiriy,
Oybek, Abdulla Qahxrr romanlari P, si
boʻyicha M. Qoʻshjonov, U. Normatov va
boshqalarning, uzbek sheʼriyati P.si haqila
O. Sharafiddinov va boshqalarning
tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
Uzbek folklori namunalari P.si ham tadqiq
etilmoqda.

Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling