Okatishlarning metallanish darajasi nFe = 95%. Metallangan okatishlarda uglerod miqdori 1,2%. Shaxta pechining unumdorligi 50,5 t/s. Metallangan okatishlarning sovitilgandan so‘nggi harorati 60°C. Aralash gazning (qizdirilgan konversiyalangan va sovitilgan aylanma aralashmasi) harorati 1000 °C.
Bir o‘tishda gazning tiklash qobiliyatidan foydalanish darajasi 32%. Metallangan okatishlarning sovitish zonasiga kirishdagi harorati 835 °C. Changni chiqarib yuborish 1% deb qabul qilingan (1-3% chegaralarida o‘zgarishi mumkin). Oksidlangan okatishlar namligi 2% (o‘zgarishlari 1-3%). Shaxta pechiga oksidlangan okatishlarni yuklash harorati 20 °C.
Konversiyalangan (yoki aralash) gaz quvuriga tabiy gazni qo‘shish gazda ~ 5 g/nm3 qorakuyali uglerod olinishini hisoblashdan amalga oshiriladi. Ushbu uglerodning ~ 45% okatishlarga o‘tadi, qolgan uglerod furmaga kiritiladigan tabiiy gazning SN4 parchalanishidan kiradi. Uglerodlash uchun tabiiy gazning umumiy sarfi 28 nm3/t gacha.
Issiqlik talafotlari (Gipromez ma'lumotlari bo‘yicha), ming. kkal/s (kJ/s): tiklash zonasi - 90(376,2); sovitish zonasi - 40 (167,2); shaxta bo‘yicha hammasi bo‘lib - 130 (543,40); furma gazining halqali gaz quvuri - 165 (689,7); ifloslangan koloshnikli gaz quvuri - 1770 (7398,6); VTKM konverteridan halqali quvurgacha - 50 (209); furmalarda sovituvchi gazli - 1000 (4180); qumoq maydalagichda sovituvchi suvli - 195 (815,1).
1.Metalli temir miqdori:
5l:. : tiklashda hosil bo‘ladigan FeO miqdori
FeOfe203 , Feo(Fe203 - 2FeO + ^-}kg
FeOFe203 = Fe203 ^ \ — } = 854,1 kg
Do'stlaringiz bilan baham: |