Polielektrolitlar va ularning sinflanishi
Download 47.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1474723445 65118
Polielektrolitlar va ularning sinflanishi Qutblangan muhitda ionlarga ajray oladigan, elektr zaryadlari tashish xossasi bo’lgan yuqori molekulyar birikmalarga polielektrolitlar deyiladi.ulardagi elektr zaryadi makromolekula tarkibidagi funksional gruppalarning elektrolitik dissosilanishi natijasida hosil bo’ladi. Demak, polielektrolitlar molekulyar og’irligi katta bo’lganligidan, bir tomondan, polimer xossalarini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanishi tufayli, past molekulyar kislota, asos va tuzlarning xossalarini namoyon qiladi. Polielektrolitlar sanoatda keng qo’llaniladi va tabiiy polimerlarning eng ko’p qismini tashkil qiladi. Polielektrolitlar ionlanadigan guruhlarning tabiatiga qarab uch turga bo’linadi: 1. Polikislotalar – tarkibida kislotali guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (-CH2-CH-)n (-CH2-CH-)n | | COOH SO3H Poliakril kislotasi (kuchsiz kislota) Polivinilsul’fokislota (kuchli kislota) 2. Poliasoslar – tarkibida asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (CH2- CH-)n (-CH2-CH-)n | | NH2 CH3-N-CH3OH | CH3 Polivinilamin (kuchsiz asos) Poliviniltrimetilammoniy (kuchli asos) 3. Poliamfolitlar - tarkibida kislotali va asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (- CH2 – CH - )n – ( - CH2 - CH - )m | | NH2 COOH Bunday makromolekulalarning ba’zi elementar zvenolarida asos, ba’zilarida esa, kislota xossalari bor gruppalar mavjuddir. Poliamfolitlar eritmadagi vodorod ko’rsatgichi PH ning qiymatiga qarab, musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’ladi. Ba’zan makromolekuladagi manfiy zaryadlar miqdori musbat zaryadlar miqdoriga teng bo’lishi ham mumkin. Makromolekulasi tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanish darajasiga qarab, polelektrolitlar kuchli va kuchsiz polimer kislota hamda kuchli va kuchsiz polimer ishqor xossalarini namoyon qiladi. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling