Polietilen,polipropilen,nitron tolasi va boshqalar


Download 111.5 Kb.
bet4/10
Sana31.01.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1142822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POLIETILEN,POLIPROPILEN,NITRON TOLASI VA BOSHQALAR

Polipropilen
Polipropilen ishlab chiqarish keyingi yillarda tobora o’sib bormoqda. Chunki u o’zining ko’pgina xossalari bilan polietilendan afzal. Propilen quyidagi usullar bilan olinadi:
a) Asosiy sanoat usuli bo’lib tabiiy gazning etan-propan fraksiyasi aralashmasini yuqori temperatura ( 700-9000)da va katalizator (Cr2O3) ishtirokida krekinglash:
CH3 CH2 CH3 → CH2=CH
|
CH3
b) Propil yoki izopropil spirtni 200-250 da H2SO4 katalizator ishtirokida degidratlash:
CH3 CH2 CH2 OH → CH2 = CH
|
CH3
v) Propilxloridni 60-800 da ishqorlar (KOH) ta’sirida degidroxlorlash:
CH3 CH2 CH2 CL → CH2 = CH + KCL
|
CH3
Toza propilen oddiy sharoitda gaz, - 47.70 da qaynaydi va -185.20 da qotadi, zichligi 610 kg/m3.
Sanoatda polipropilen propilenni Sigler-Natta katalizatorlari ishtirokida eritmada (benzinda) 1-3 Mpa bosimda polimerlab, izotaktik polipropilen olinadi.
Polipropilen, past bosimda olingan polietilen kabi rangsiz va qattiq bo’lib, o’zining mexanik xossalari jihatidan polietilendan yuqori turadi. Masalan, polipropilenning amorflanish va yumshash temperaturasi, mustahkamligi, dielektrik xossalari va kimyoviy barqarorligi polietilendan afzal. Polipropilen 80% li sul’fat kislotada, 50% li nitrat kislotada va konsentrlangan xlorid kislotada ham deyarli erimaydi.
Polipropilen polietilen ishlatiladigan barcha sohalarda ishlatilishi mumkin. U asosan har xil qalinlikdagi pardalar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Ulardan elektrotexnika va radiotexnikada keng foydaliniladi. Polipropilen tolalari arzon va engil bo’lganligi uchun so’ngi yillarda polipropilendan pishiq (molekulyar massasi 40 000 – 50 000 va kristallik darajasi 80 – 90%) bo’lgan kimyoviy tolalar ishlab chiqarilmoqda.


Poliefirlar
Poliefirlar asosan oddiy va murakkab poliefirlarga bo’linadi. Oddiy poliefirlarga polimetilenoksidi va polietilenoksidlarini misol qilib olishimiz mumkin.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling