Polietilen,polipropilen,nitron tolasi va boshqalar


Download 111.5 Kb.
bet7/10
Sana31.01.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1142822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POLIETILEN,POLIPROPILEN,NITRON TOLASI VA BOSHQALAR

Poli–Ɛ-kaprolaktam- H-[NH-(CH2)5-CO]n-OH ni birinchi marta 1889 yilda Gabriel va Meos Ɛ-aminokapron kislotadan sintez qilgan. Kaprolaktam rangsiz qattiq modda, 68.5-690 da suyuqlanadi, 2620 da qaynaydi.
Poli–Ɛ-kaprolaktam ko’pchilik organik moddalarda, ishqor eritmalarida erimaydi. U ham asosan tola sifatida ishlatiladi. Tola – kapron, perlon, naylon-6, kaprolan, amilon, dederon, bodanil nomlari bilan ataladi. Poliamiddan shuningdek plyonka, elim, lak va boshqa narsalar tayyorlashda, mashinasozlikda, samolyotsozlikda, radiotexnikada, medisina va xirurgiyada, kundalik turmushda keng foydalaniladi.
Poliuretanlar birinchi marta 1947 yilda diizosianatlar bilan glikollarni polikondensatlash natijasida sintez qilingan. Diaminlar va glikollarning dixlorkarbonat efirlari bilan o’zaro ta’sirlashuvidan ham poliuretanlar hosil bo’ladi. Odatda geksametilendiamin bilan fosgenning o’zaro ta’sirlashuvidan geksametilendiizosianat olinadi:
O O
| | | |
NH2 -(CH2)6-NH2 + Cl-C-Cl → NH2-(CH2)6-NH –CO-Cl + Cl-C-Cl → Cl-CO-NH-(CH2)6-
-HCl -HCl
- NH - CO-CL + 2KOH → O = C = N - (CH2)6 – N = C = O
-2KCl, -2H2O
1950C
nOCN- (CH2)6-NCO + HO-(CH2)4-OH → HO-[CONH-(CH2)6-NHCOO-(CH2)4-O]n-H
Poliuretanlar kimyoviy tarkibi jihatidan poliamidlarga o’xshaydi. Ular kauchuklar sifatida ham ishlatiladi. Undan tayyorlangan rezina buyumlar ishqalanishga chidamliligi bilan hamma polimerlardan afzal. Poliuretan eritmalaridan olingan lak va elim ham yaxshi xususiyatga ega. Bu elimlar metallarni yog’och, kauchuk, plastmassalarga; kauchuklarni shisha, chinni, paxta tolasiga mahkam yopishtiradi. Bundan tashqari poliuretanlar bulutsimon g’avak polimerlar olishda ham katta ahamiyatga ega. Bunday polimerlar juda engil hamda yuqori temperaturada ham o’z shaklini saqlay oladi. Ular mustahkamligi, tovush va issiqlikni o’tkazmasligi tufayli sanoatning barcha tarmoqlarida (qurilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik va boshqa sohalarda) keng ishlatiladi.
Polimerlarning molekulyar massasi
Quyi molekulyar moddalar uchun molekulyar massa M o’zgarmas qiymatga ega bo’lib, shu moddaning xarakterli kattaligi hisoblanadi.
Polimerlarning quyi molekulyar birikmalardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlaridan biri, ularning yuqori molekulyar massaga ega ekanligidir. Polimer makromolekulalari tarkibida zvenolar soni va polimerlanish darajasi bir-biridan farq qiladi, shuning uchun ularning uzunligi va molekulyar massasi turlicha bo’ladi. Polimerlarga xos bu xususiyat p o l i d i s p e r s l i k (polimolekulyarlik) deb ataladi. Shu sababdan polimerlar uchun muhim kattalik hisoblangan molekulyar massa doimo o’rtacha qiymatga ega bo’lib, o’rtacha molekulyar massani M bilan ifodalanadi. O’rtacha molekulyar massalari bir xil bo’lgan polimerlarda ham polidisperslik bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.Bu farqni miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun ikkinchi muhim kattalik – m o l ye k u l ya r m a s s a v i y t a q s i m l a n i sh (MMT) tushunchasi kiritilgan. Polimerlarda alohida olingan makromolekulalarni molekulyar massasi bir-biridan qanchalik keskin farq qilsa, polidisperslik shunchalik yuqori va polimerlar keng chegaradagi molekulyar massaviy taqsimlanishga ega bo’ladi. Polimerlarda molekulyar massalar orasida o’rtacha miqdoriy nisbatni aniqlashning bir necha uslubi mavjud. Bu uslubga asoslangan holda o’rtacha molekulyar massa M, molekulyar massaning o’rtacha raqamli molekulyar massa Mn , o’rtacha massaviy Mω va o’rtacha vaznli ya’ni gidrodinamik Mƶ  nomga ega molekulyar massalarga ajratiladi. O’rtacha vaznli (gidrodinamik) Mƶ molekulyar massa topilish usuliga qarab, o’rtacha qovushoqlik molekulyar massa Mq va o’rtacha diffuziyalanish molekulyar massalar Mg ga ajratiladi. Molekulyar massasi katta-kichik bo’lgan makromolekulalarning umumiy massasini shu makromolekulalarning umumiy soniga nisbati o’rtacha raqamli molekulyar massani xarakterlaydi.
Amalda polimerlarni ma‘lum kontsentratsiyali eritmasidagi makromolekulalar sonini aniqlash bilan o’rtacha raqamli molekulyar massa topiladi.


M1 N1 + M2 N2 + … Mm Nm ∑MiNi

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling