O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI Polietilentereftalatni azoreagentlar bilan modifikatsiyalab,kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish va ularning tadqiqoti 5А140501-Kimyo(fan yo’nalishlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan DISSERTATSIYASI Ilmiy rahbar: Х.Х.To’rayev, Термиз -2021 йил Reja: Reja: Kirish I.Adabiyotlar tahlili I.1. Polietilentereftalat va u asosidagi materiallarning xossalari,qo’llanilishi hamda qayta ishlash usullari I.2. Polimerlarni kimyoviy o’zgartirish orqali kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish II. Tajribaviy qism II.3. Polietilentereftalatni ditizon bilan modifikatsiyalab kompleks hosil qiluvchi sorbent olish II.4. Polietilentereftalatni difenilkarbazon bilan modifikatsiyalab kompleks hosil qiluvchi sorbent olish III. Olingan natijalar tahlili III.1.Polietilentereftalat mahsulotlarini organik reagentlar bilan modifikatsiyasi III.1.1.Dastlabki moddalar mol nisbatlarini ta’siri III.1.2.Haroratning ta’siri Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish - Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan bir qatorda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy maktablari ham fundamental tadqiqotlarda oʼz oʼrniga ega. Hozirgi kunda bu tizimda salmoqli intellektual salohiyat jamlangan. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va bu faoliyatni ishlab chiqarish bilan uygʼunlashtirish masalalariga katta eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Ushbu eʼtiborning yorqin koʼrinishi sifatida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovichning davlat rahbari sifatidagi birinchi uchrashuvi aynan ilm hamjamiyati – respublika akademiklari va yetakchi olimlari bilan boʼlganligini taʼkidlash joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |