Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi
Download 471.5 Kb.
|
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.
To’ldirgichlar – massasiga ko’ra 60-70% miqdorda kiritilib, plastmassaning mexanik xossalarini yaxshilaydi. To’ldirgichlar poroshok, tolali, listli, gazli to’ldirgichlarga bo’linadi. Poroshok to’ldirgichlarga –yog’och yoki kvarts uni, grafit; tolali to’ldirgichlarga - qog’oz, paxta, asbyest, shisha; list to’ldirgichlarga – gazlama, slyuda, yog’och shponi misol bo’ladi.
Plastmassalarning plastikligini oshirish uchun plastifikatorlar (komfora, dibyeetilftalat, glyetsirin, olyein kislota) uning tarkibiga qo’shiladi. Plastmassalarning termostabilligini ta’minlash va eskirish jarayonini syekinlashtirish uchun stabilizatorlar (kraxmal) qo’shiladi. Plastmassalarning qotish muddatini kamaytirish uchun qotirgich (organik pyerinis), katalizator sifatida ohak (MgO+CaO) qo’shiladi. Shunday har xil xossalar olish uchun har xil qo’shimchalar qo’shilgan plastmassalar konstruktsion material sifatida xossalariga qarab xalk xo’jaligining turli sohalarida kyeng ishlatiladi. Rezinalar. Hozirgi zamon texnikasida yuqori elastiklikka ega bo’lgan materiallar juda katta ahamiyatgaega. Bunday materiallardan zarbiy kuch ta’sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tyebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dyempfyer)lar yasaladi. Bundan tashqari, ulardan jipslovchi vositalar tayyorlashda, uskunalarni tashqi muhit ta’siridan saqlashda ham foydalaniladi. Yuqori elastik materiallarga tabiiy va sintyetik polimerlarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunday materiallar, odatda, juda katta qaytar dyeformatsiyaga ega bo’ladi. Kauchuklar muhim tabiiy yuqori elastiklikka ega bo’lgan materiallarga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko’p xilma-xil sun’iy kachuklar ishlab chiqarilmoqda, bunday materiallar rezina ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi. Hozirgi zamon mashinasozligida rezinadan tayyorlangan vositalar juda kyeng qo’llaniladi. Bulardan eng muhimi, avtomobil shinalari, har xil jipslovchi vositalar, amortizatorlar, harakat uzatuvchi vositalar, shlanglar va hokazolar. Rezinalardan uskuna va qurilmalarni tashqi muhitdan muhofaza qilishda, elyektr simlari sirtini qoplashda (kabyellarni yasashda) foydalaniladi. Kauchukni vulkanizatsiyalab, rezina mahsuloti olinadi. Kauchuklarga turli qo’shimchalarni qo’shish bilan yorug’lik va radiatsiya nuriga chidamli arzon rezinasimon mahsulotlar olinadi. Bu yo’l bilan maxsus sharoitlarga chidamli rezinalarni olish mumkin. Kyeyingi vaqtda sintyetik kauchuk ishlab chiqarish juda kyeng rivojlangan Masalan, natriy-butadiyen (SKB), butadiyen-stirol (SKS), polixropyen, butadiyen-nitril (SKN) kabi sintyetik kauchuklar kyeng tarqalgan. Sintyetik kauchuklar o’z strukturasiga ko’ra katta molyekulyar massaga ega bo’lgan chiziqli polimerlardir. Normal haroratda sintyetik kauchuklar yuqori elastiklik holatda bo’lib, -400S dan -700S gacha harorat oralig’ida shishasimon holatga o’tadi. Ishlatilish sohasiga ko’ra, rezina oddiy va maxsus turlarga bo’linadi. Oddiy maqsadlarda qo’llaniladigan rezinalarga tabiiy kauchuk (NK) hamda SKB, SKS, SKI sintyetik kauchuklar kiradi. Bunday rezinalar yuqori mustahkamlik va elastiklikka ega bo’lib, gaz va suvni o’zidan o’tkazmaydi. Bunday materiallardan kamarlar, qo’lqoplar, transportyorlar lyentasi, kabyel qobig’i, dyempfyer vositalari va shunga o’xshash boshqa buyumlar tayyorlanadi. Ularning zichligi 910-920 kg/m3, mustahkamligi esa 15...34 MPa dan oshmaydi, nisbiy cho’zilishi 700% bo’lib, ishlash harorati -800 dan +1300 gachadir. Maxsus sharoitlarda ishlatiladigan rezinalarga nayrit, SKN, tiokol, SKT hamda issiqlik va kimyoviy muhitga chidamli rezinalar (SKF) kiradi. Lyekin bu rezinalar -400S dan -550S harorat oralig’ida mo’rt bo’lib, byenzin va byenzol ta’siriga kam chidamlidir. Ularning xossalari 13808-79 GOST, 9024-74 GOST hamda 64333-71 GOST bilan byelgilanadi. Rezinalarning zichligi 98-190 kg/m3 ni tashkil qilib, mustahkamligi esa ishlash sharoitining haroratiga bog’liq. Masalan, nayrit va SKN uchun (v) mustahkamlik 20...26 MPa ga, ishchi harorat esa 100...1300S ga, hatto 1700S ga tyeng. Mashinasozlikda ishlatiladigan rezinalar bir nyecha guruhga bo’linadi: gyermyetiklar, tyebranish va tovushni yutadigan, zarbiy kuchning ta’sirini yumshatadigan, kuch uzatadigan, ishqalanish juftlari tayyorlanadigan, egiluvchan va hokazo rezinalar. Rezinalarning fizik-mexanik xossalarining sinovi uchun hamda namuna shakli va o’lchamlarini byelgilash uchun 269-66 GOST mavjuddir. Takrorlash uchun savollar: 1. Yog’ochlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini tushuntiring. 2. Yog’ochlarning fizikaviy xossalariga nimalar kiradi? 3. Yog’ochlarning mexanikaviy xossalariga nimalar kiradi? 4. Yog’ochlarning texnologik xossalariga nimalar kiradi? 5. Yog’ochlarni quritish va saqlashda qanday usullardan foydalaniladi? 6. Yog’ochning umumiy tuzilishini tushuntiring. 7. Yog’ochning namligi qanday aniqlanadi? 1. Polimer materiallar olish uchun asosiy xom ashyo materiallari nimalar hisoblanadi? 2. Polimer materiallar olinish uchuliga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 3. Polimer materiallar strukturasidagi shishasimon holatda qotish hodisasini tushuntiring. 4. Polimerlarga plastifikatorlar qanday maqsadlarda qo’shiladi? 5. Polimerlarga stablizatorlar qanday maqsadlarda qo’shiladi? 6. Polimerlarga bo’yovchi moddalar qanday maqsadlarda qo’shiladi? 7. Polimer materiallarning konstruksion materiallar sifatida qo’llaniladigan turlarini ayting. 8. Rezinalarning olinish usullarini tushuntiring. Download 471.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling