Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi


Polimerlarning konstruktsion material sifatida qo’llanilishi


Download 471.5 Kb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi471.5 Kb.
#1625749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.

Polimerlarning konstruktsion material sifatida qo’llanilishi. Polimerlar konstruktsion materiallar sifatida mustaqil yoki boshqa materiallar bilan birgalikda kompozitsion material sifatida hamda lak, parda, tola, bo’yoq va yelim sifatida ham ko’p qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda eng ko’p qo’llaniladigan polimer materiallarga polifinlar, polivinilxloridlar, poliamidlar, poliatsyetitlar, ftoroplastlar, polikarbonatlar hamda fyenolformaldyegid, epoksid, poliefir, kryemniy organik birikmalar va poliamid smolalari kiradi. Bu polimerlarning xususiyatlariga qarab ular sanoatning turli sohalarida qo’llaniladi. Plastmassalardan buyumlar har xil usullar: qoliplash, quyish, pryesslash, siqib chiqarish usullari va boshqa usullar yordamida tayyorlanadi. Ana shu usullardan biri siqib chiqarish usulini olib qaraylik. Bu usulda plastmassalardan truba, ko’ndalang kyesimi turlicha bo’lgan profinlar, lyenta va boshqa buyumlar olinadi. Buning uchun oquvchan holatgacha qizdirilgan plastmassa, masalan, polietilyen ekstrudyer deb ataladigan mashinaning tyeshigidan kalibrlovchi qurilmasiga shnyek yordamida uzluksiz ravishda siqib chiqariladi. Zarur shaklga kirgan plasmassa kalibrlovchi qurilmadan o’tayotganda soviydi va puxta buyumga aylanadi. Bu usul bilan polietilyen plyonka ham olinishi mumkin.
Endi ayrim polimerlarning ishlatilish sohasini ko’rib o’tamiz:
Poliofyelinlar mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan konstruktsion materiallar bo’lib, radiotexnikada, kimyo sanoatida, qishloq xo’jaligida kyeng qo’llaniladi. Ulardan sanoat miqyosida plyonkalar, quvurlar, shlang, kabyel qobig’i va tolalar ishlab chiqariladi.
Polivin xlorid (PVX)ning o’rtacha molyekulyar massasi 14000-85000 ga tyeng. PVX mashinasozlikda kyeng qo’llaniladi. Qishloq xo’jaligida, ayniqsa, qurilish materiali sifatida, har xil turli plyonkalarni ishlab chiqarishda qo’llanadi. Qattiq PVX dan konstruktsion vositalar yasaladi.
Ftoroplastlarning korrozion agryessiv muhitlardagi barqarorlikgi nisbatan yuqori. Polityetraftoretilyen (CF2=CF2), politriftoretilin (CF2=CF2), politriftorxloretilyen (CF2=CYeCl), polivilxlorid (CN2=CNF2) kabi ftoroplastlar tyempyeraturaga barqaror bo’lib, 4000S dan yuqori haroratda tyermik oksidlanish boshlanadi. Ba’zi ftoroplastlar ajoyib antifriktsion xossalarga ega (moysiz ishlaganda ham ishqalanish koeffitsiyenti juda kichik, yeyilishga bardoshligi kattadir). Ftoroplastlarning birinchi namoyandasi polityetraftoretilyen (PTFE) bo’lib, uni ftorplat-4, tyeflon deb ham ataladi. Mashinasozlik materiallari orasida PTFE korrozion agryessiv muhitlar ta’sirida barqarorligi yuqori bo’lgan materialdir, u ob-havo va mikroorganizmlarning ta’siriga ham barqarordir.
Ftoroplast 4-dan kondyensator va elyektr o’tkazgichlar uchun plyonkalar tayyorlanadi, undan antifriktsion va jipslovchi (gyermyetik) materiallar sifatida foydalansa ham bo’ladi. Hozirgi paytda ftoroplast 4-ning ancha moditifikatsiyalari ma’lum, bular ftoroplast 4M (-4MB,-4MV-2, -4MD), ftoroplast -4NP dir. Bunday materiallarning tyexnologik xossalari ham ancha yaxshi, ulardan mashina vositalarini ekstruziya va bosim ostida quyish usullaridan foydalanib tayyorlash mumkin. Ftoroplastlarning kamchiligi shundan iboratki, ishqalanishdagi yemirilishiga barqarorligi unchalik katta emas, sovuq holda o’zgarmas kuch ta’sirida cho’ziladi (dyeformatsiyalanadi). Ftoroplastlarning tarkibiga modifikator va boshqa qo’shimchalar kiritish bilan bu kamchiliklarni bir muncha bartaraf qilish mumkin.
Plyonka, lok, tola, to’qima va boshqa shunga o’xshash materiallarni ishlab chiqarishda ftoraplast-3 dan foydalaniladi. Ftorplast-3 chyet elda ftorlan-3, dayflon, florotyen ham deb ataladi.

Download 471.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling