Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi


Polimerlar va ularning turlari hamda xossalari


Download 471.5 Kb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi471.5 Kb.
#1625749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.

Polimerlar va ularning turlari hamda xossalari. Metallmas materiallar asosan bu plastmassalar, rezinalar, syellyuloza asosidagi materiallar, sopol va kompozitsion materiallardir. Polimerlar juda ko’p, bir nyechta mingdan tort ib to bir nyecha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy polimerlarga syellyuloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga esa organik shisha, polietilin, vyeskoza, kapron, nyeylon, sintyetik kauchuk va boshqalar kiradi. Yuqori molyekulyar organik birikmalar yoki ularning guruhlari ko’pincha smolalar deb ataladi.
Ko’pchiligi yoki butunlay yuqori molyekulyar birikmalar, ya’ni polimerlardan iborat bo’lib, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan harorat va bosimda plastiklik xossalarga ega bo’lgan materiallar plastik massalar (plasmassalar) deyiladi. Polimerlar ikki xil usul: polimerlash va polikondyensatlash usullari bilan olinadi.
Polimerlash usulida bir xil monomyerning, masalan, etilyenning juda ko’p molekulalari birin-kyetin birikib, o’sha tarkibli, ammo tamomila boshqa xossali yangi modda (polietilyen) hosil bo’ladi.
CH2=CH2+...+CH2=CH2  CH2-CH2-CH2-...-CH2.
Polimerlash yo’li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakryelab (organik shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomyerni birgalikda polimerlash yo’li bilan ham yangi polimer olish mumkin. Bunday olingan polimerga sopolimerlar deb ataladi.
Polikondyensatlash usulida ikki yoki undan ortiq xil monomyerlar o’zaro kimyoviy ta’sir ettiriladi. Bunda polimer bilan birgalikda qo’shimcha mahsulot (suv, ammiak yoki boshqa moddalar) ham hosil bo’ladi. Masalan, fyenol bilan formaldyegit qizdirilganda va katalizator ishtirokida polimer- fyenoplast va suv hosil bo’ladi.
Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni modifikatsiyalash usuli bilan ham olinadi. Masalan, syellyulozani nitratlash usuli bilan sun’iy polimer nitrotsyellyuloza olinadi. Ko’pincha plasmassalar bir nyecha xil moddadan iborat bo’ladi. Masalan, ular tarkibiga bog’lovchi va to’ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar, bo’yoq moddalar va boshqalar kiradi. Murakkab tarkibli plasmassalarda bog’lovchi moddalar vazifasini polimerlar o’taydi. Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo’lavyermaydi.
Plasmassalar yengil, ammo puxta, kimyoviy ta’sirlarga chidamli, issiqqa bardosh beradigan, ishqalanish koeffitsiyenti kichik, katta qattiqlikka ega, karroziyabardosh, arzon va boshqa xossalarga ega.
Quyidagi jadvalda ayrim polimerlarning fizik va mexanik xossalari kyeltirilgan.


Download 471.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling