Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari Neft bitumlarining fizik-mexanik xossalari Bitumlar va dyogtlar


Download 40.88 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi40.88 Kb.
#1444445
Bog'liq
Bitum polimer asosida olingan yangi materiallarni o’rganish


Mavzu:Bitum polimer asosida olingan yangi materiallarni o’rganish
Reja:

  1. Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari

  2. Neft bitumlarining fizik-mexanik xossalari 

  3. Bitumlar va dyogtlar

Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari


Bitumli bog‘lovchilar – uglevodorodlar va ularning nometall xosilalarining
murakkab aralashmasidir (uglevodorodlarning oltingugurt, kislorod, azot bilan
birikmalari). UzRSTlabki xom ashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga
bo‘linadi.
Tabiiy bitumlar – qora yoki to‘q-jigar rang qattiq moddalar yoki qovushoq
suyuqlik bo‘lib, tabiatda sof ko‘rinishda yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini (ohaktoshlar,
qumtoshlar) shimdirgan holatda uchraydi. Bundan ko‘p ming yillar muqaddam neft
yer qobig‘ining ustki qatlamlariga oqib kirgan tog‘ jinslari unga to‘yingan, so‘ngra
esa bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin uchib ketishi natijasida tabiiy bitumga
aylangan. Tarkibida 5 dan 20% gacha tabiiy bitumi bo‘lgan tog‘ jinslari asfalt
bitumlar deb ataladi. Sof bitum olish uchun maydalangan asfalt-tog‘ jinsini qaynoq
suv yoki organik eritgichlar bilan ishlab olinadi.
Qizdirganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Suvda
erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va boshqa organik
eritgichlarda oson eriydi.
Mayda kukun ko‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt
betonlarini olish uchun foydalaniladi.
Neft bitumlari neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash mahsuloti
hisoblanadi. Olinish usullariga qarab bitumlar qoldiq, oksidlangan va kreking neft
bitumlari turkumiga kiradi.
Qoldiq bitumlar (gudron) xaydash yo‘li bilan neftdan benzin, kerosin va
moylarning bir qismini ajratib olish natijasida hosil bo‘ladi.
Me’yoriy haroratda ular qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft
qoldiqlari orqali puflab o‘tkazib olinadi, ular bunda kislorod ta’siri ostida oksidlanadi
va zichlanadi. Kreking bitumlar esa neft va neft moylarining yuqori haroratda
parchalanish mahsulotidir.
Neft bitumlarining rangi qora yoki to‘q-qo‘ng‘ir bo‘ladi. Qovushoqligiga qarab
ular qattiq, yarim qattiq va suyuq bitumlarga bo‘linadi. Qattiq va yarim qattiq neft
bitumlari qurilish, tomga yopish va yo‘l bitumlariga bo‘linadi.
Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari yo‘llarga qoplash, o‘ramli namdan
himoyalash va tom materiallarini bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash
uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda
joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish sohasiga qarab ikki xil bitum
aralashmasini tanlash zarur.
Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarga bo‘linishini
aniqlaydigan asosiy xossalari – qovushoqligi, yumshash va chaqnash harorati,
cho‘ziluvchanligidir.
Qovushoqligi bitumga kuch ostida ignaning kirish chuqurligi bo‘yicha
penetrometrda o‘lchanadi. Bitumga ignaning kirish chuqurligi qancha katta bo‘lsa,
uning qovushoqligi binobarin shunchalik kichik buladi.
Bitumning yumshash harorati «Halqa i shar» asbobida aniqlanadi. Bitumning bu
xossasi uni turli harorat sharoitlarida foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi.
O‘t olish harorati bitum bilan ishlaganda texnologik parametrlarni aniqlash
uchun ahamiyatga ega bo‘lib, u maxsus asbobda o‘lchanadi. O‘t olish haroratiga
bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi ko‘k alanga paydo
bo‘lganida termometr ko‘rsatadigan harorat qabul qilinadi.
Bitumning cho‘ziluvchanligi namunani duktilometrda cho‘zish yo‘li bilan
topiladi. Cho‘zilgan namunaning uzilish paytidagi uzunligi (sm hisobida) bitum
cho‘ziluvchanligining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ko‘rib o‘tilgan xossalar bir-biriga bog‘liq. Masalan, qattiq bitumlarning
yumshash harorati yuqori bo‘ladi, lekin cho‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mo‘rt
bo‘ladi: aksincha, uncha yuqori bo‘lmagan haroratda yumshaydigan bitumlar juda
cho‘ziluvchan bo‘lishi mumkin, ya’ni katta plastiklikka ega bo‘ladi.
Bu materiallar ishlatiladigan joyiga isitish qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘l
sisternalarida yoki po‘lat qoliplarda tashiladi.
Neft bitumlarini maxsus yopiq omborlarda yoki bostirma ostida quyosh
nurlaridan va yog‘in-sochinlardan himoyalab saqlash lozim.
Tarixda bitumli materiallarni Markaziy Osiyo qurilishlarida ishlatilganligi
haqida ma’lumot yo‘q. Ammo, juda oz miqdorda ozokerit tog‘ jinsini eritib qum
bilan qorishtirib g‘ishtli devorlar terishda ishlatilganligi ma’lum.
O‘zbekiston qurilishlarida bitumli materiallarni ishlatish asosan 1922-1930
yillarda boshlandi. Markasi III, IV va V bo‘lgan neft bitumlari Boku va Grozniydan
temir yo‘l orqali keltirilardi. Respublikada mahalliy neftni qayta ishlovchi korxonalar
ishga tushgandan so‘ng IV va V markali bitumlar ishlab chiqarila boshlandi. Neft
sanoatining respublikada tez sur’atlar bilan o‘sishi natijasida bitumli materiallarga
bo‘lgan talab va ehtiyoj ortdi. Ko‘pgina ilmiy izlanishlar natijasida qurilishbop
bitumlarning xususiyati yaxshilandi. Farg‘ona vodiysi va respublikaning shimoli-
g‘arbiy tumanlaridan topilgan smolaga boy bo‘lgan neftlardan bitumlar ishlab
chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent asfalt zavodida ishlangan bitumlar qurilishning hamma tarmoqlarida
ishlatish mumkinligi amalda sinab ko‘rildi.
Markaziy Osiyoning gidrotexnik inshootlarida, yo‘l qurilishida asfalt-beton va
yuqori sifatli namdan himoyalash ishlarida, shuningdek, tombop o‘rama materiallar
ishlab chiqarishda mahalliy bitumsimon materiallar ishlatilmoqda.
Markaziy Osiyo yo‘l qurilish ilmiy tekshirish instituti tomonidan 1940-1948
yillarda yassi tomlarni suvashga qulay bo‘lgan bir qancha bitumli tarkiblarni
qurilishda qo‘lladilar. Bunday tarkiblar "sovuq" va "issiq" qorishma sifatida
ishlatiladi. "Sovuq" qorishma tayyorlanganda bog‘lovchi modda sifatida bitum suvi
(emulsiyasi) ishlatilsa, "issiq" qorishmada bitum 100-120
S haroratda eritilib
to‘ldirgichlar bilan arashtiriladi. Quruvchilar uchun taklif etilgan "sovuq" va "issiq"
namdan himoyalovchi qorishma tarkibi 28 - 30 - jadvallarda keltirilgan.
Polimerlar
Sun’iy yoki yuqori molekulyar tabiiy birikmalar-polimerlardan plastmassalar
tayyorlanadi. U qayta ishlash jarayonida turli shakl oladi va shu shaklini barqaror
saqlab qolish xususiyatiga ega.
Plastmassalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng
rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda polimer qurilish materiallari va buyumlarning yetarli
darajada keng turlari mavjud, ulardan foydalanish qurilish ishlarining industrialligini
oshirish, mehnat sarflarini qisqartirish, qurilish narxini kamaytirish, shuningdek,
rangli va qora metallar, yog‘och va boshqa tanqis materiallarni ancha tejashga
erishish mumkin.




Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qosimova S.T., Shodjalilov SH. Binolarni texnik ekspluatatsiyasiga xos xususiyatlari.


O'quv qo'llanma. 1-qism. Toshkent, 2004y.
2. Qosimova S.T., Shodjalilov SH. Binolarni texnik ekspluatatsiyasiga xos xususiyatlari.
O'quv qo'llanma. 2-qism. Toshkent, 2005y.
3. SHNK 2.08.01-05 «Jilie zdaniya» T.: Goskomarxitekstroy, T., 2005y.
4. KMK 2.08.02 – 96 «Obshestvennie zdaniya i soorujeniya» T.: Goskomarxitektstroy, T.,
1996g.
Download 40.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling