"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- Laboratoriya ishi Stirolning kationli polimerlanishi Ishning maqsadi
- Ishning bajarilishi
- 8- Laboratoriya ishi Metilmetakrilatni metakril kislotasi bilan sopolimerlanishi Ishning maqsadi
D
Polimer unumini n 20 ga bog'liqligi
172
Reaksiya tezligini mol/l.s da 1- ishdagi kabi hisoblanadi. Olingan natijalardan foydalanib lgV ni lg[I] koordinatalarida grafik chizilib, hosil bo'lgan to'g'ri chiziqning tgα dan reaksiyaning inisiator bo'yicha tartibi topiladi (lgV=lgK+nlg[I]). 7- Laboratoriya ishi Stirolning kationli polimerlanishi Ishning maqsadi: Stirolni TiCl4 ishtirokida polimerlanishini o'rganish. Reaktivlar: Stirol, ССl4, dixloretan (obdon quritilgan), metanol, sovutgich aralashma. Jihozlar: Uch og'izli kolba (350 ml), zatvorli aralashtirgich, tomchilovchi voronka, termometr, pipetka (2 ml). Ishning bajarilishi: toza quritilgan kolbaga, aralashtirgich, termometr, voronka o'rnatilib, inert gaz bilan puflanadi. 3-5 minut hamma ishlar sistemaga suv (nam) tushmaslik shartida olib boriladi. So'ngra kolbaga 140 ml dixloretan quyilib 173 0°C gacha uni sovutiladi. Unga quruq pipetka yordamida 2 ml TiCl4 qo'shilib, voronka orqali tomchilatib 7 ml stirol qo'shiladi. Monomer 30-40 minut davomida qo'shiladi. Bu vaqtda kolbadagi harorat 0°C dan oshmasligi kerak. Monomer qo'shib bo'lingach reaksiya yana 30 minut davom ettiriladi. Hosil bo'lgan polimer eritmasini 150-180 ml metanolga quyib, cho'kmani ajratib olinadi va metanol bilan yuvilib, quritiladi. Ishning yakunida polimerlanish mexanizmi yoziladi, polimerning unumi topiladi va 1 g polimer hosil bo'lish uchun sarf bo'lgan katalizator miqdori topiladi. 8- Laboratoriya ishi Metilmetakrilatni metakril kislotasi bilan sopolimerlanishi Ishning maqsadi: Sopolimerlanish konstantalarini Faynman-Ross metodi bilan aniqlash. Reaktivlar: Metilmetakrilat, metakril kislotasi, azobisizobutironitril (inisiator). Jihozlar: Ampulalar (4 ta), pipetkalar (2 ta), 100 ml ?ajmli stakan (4 ta), soat oynasi (4 ta), konussimon kolba (4 ta), termostat, quritgich shkaf. Ishning bajarilishi: 4 ta quritilgan, toza ampulalarga 0,005 g dan inisiator solinadi va 5 mldan metilmetakrilat va metakril kislotasining quyidagi molyar nisbatlarida quyiladi (4:1; 3:2; 2:3; 1:4). Aralashmalar to'la erib ketguncha kutiladi va ampulalarni o?zi kavsharlanib yoki shlifli probkalar bilan berkitilib 60°C li termostatga o'rnatiladi. Sopolimerlanish reaksiyasi 5-10% polimer hosil bo'lguncha davom ettiriladi. Keyin ampulalar sovutilib, undagi eritmalar stakandagi cho'ktiruvchiga (HCl ning 5% eritmasi) sekin asta tomiziladi. Hosil bo'lgan cho'kma ajratilib, yuviladi va quritiladi. Vazifa: Sopolimerlanish konstantalari r1 va r2 hisoblanadi. Olingan natijalar asosida va metilmetakrilatning Q va e qiymatlari asosida (ilovada keltirilgan) metakril kislotasi uchun yuqoridagi faktorlar topiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling