"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet75/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Topshiriq: a) Hosil bo'lgan karboksimetilsellyulozaning miqdori aniqlansin:
b) karboksimetilsellyulozaning efirlanish darajasi aniqlansin.
Karboksimetilsellyuloza (KMS) ning efirlanish darajasini aniqlash.
Bu usul KMS ning misli tuzini hosil qilib, undagi mis miqdorini aniqlashga asoslangan. KMS ning misli tuzi quyidagicha hosil qilinadi: KMS ning natriyli tuzidan 8 g olib. 1 litrli stakanda 800 ml distillangan suvda eritiladi. Eritma sulfat kislotaning 0,1 normalli eritmasi yordamida fenolftalein ishtirokida neytrallanadi. Eritmada kuchsiz kislota muhiti hosil kilishi uchun unga 0,1 normalli sulfat kislota eritmasidan 5 ml qo'shiladi. Hosil bo'lgan tiniq eritma filtrlanib, uning ustiga mis sulfatning 0,25 normalli eritmasidan byuretka yordamida 150 ml quyiladi. Karboksimetilsellyulozaning misli tuzi to'la cho'kishi uchun u uy haroratida 20 minut saqlanadi. So'ngra KMS ning cho'ktirilgan misli tuzi chinni hovonchaga oxistalik bilan olinadi. Hovonchadagi tuz ustiga 30 ml etil spirti solib aralashtiriladi va spirtning 20% li eritmasi bilan bir necha marta dekantasiya qilinadi. So'ngra tuzga yana 30 ml spirt qo'shilib, u yana 3-4 marta yuviladi. Natijada tuz tarkibidagi sulfat ionlari yuvilib ketadi. KMS ning tozalab yuvilgan

191
misli tuzini siqib, uning tarkibidagi suyuqlik chiqarib yuboriladi-da, tuzning o'zi soat shishasiga


solinib, 40°C da 20 minut quritiladi. KMS ning hosil bo'lgan tuzi maydalanib, undagi misning miqdori va namligi aniqlanadi. Mis miqdorini aniqlash asosida KMS ning efirlanish darajasi topiladi.


Misning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
250 ml li konussimon kolbaga KMS ning misli tuzidan 0,5-0,6 g va distillangan suvdan 100 ml solinadi. Natijada tuzning suvdagi suspenziyasi hosil bo'ladi. Uning ustiga ammiakning 5% li eritmasidan 5-8 ml tomiziladi. Agar suspenziya tinmasa, ammiak eritmasidan 2-3 ml quyiladi. Bunda eritma oqara boshlaydi. So'ngra eritma ustiga sirka kislotaning 6 n li eritmasidan 5 ml va 15 g kaliy yodid solinadi. Oradan 2 minut o'tgach, eritma natriy tiosulfatning 0,1 normalli eritmasi bilan titrlanadi. KMS dagi mis miqdori quyidagicha topiladi:


Mis miqdori = a 0.006357 100/b
bunda: а- 0,1 n li natriy tiosulfat eritmasining titrlashga sarflangan miqdori, ml hisobida; v- KMS ning mutlaqo suvsiz holdagi og'irligi, g; 0,006357 - natriy tiosulfatning 0,1 normalli eritmasidagi 1 mlga to'g'ri kelgan misning miqdori, g.

1
So'ngra KMS ning efirlanish darajasi (γ) quyidagi formula bilan hisoblab topiladi:

bunda: Cu- misning miqdori, %; 12,67- KMS ning monoefiridagi mis miqdori.






  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling