"полимерлар кимёсига" кириш


Vazifa: Poliakrilamid gidroliziga polimer va gidrolizlovchi agent konsentrasiyasi ta'sirini tushuntiring. 16-


Download 0.98 Mb.
bet72/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Vazifa: Poliakrilamid gidroliziga polimer va gidrolizlovchi agent konsentrasiyasi ta'sirini tushuntiring.
16- Laboratoriya ishi
Turli haroratlarda poliakrilamidning ishqoriy gidrolizi

186
Ishning maqsadi: turli haroratlarda poliakrilamidning suvdagi eritmalarini ishqoriy gidrolizi tezligini aniqlash va gidroliz jarayonining faollanish energiyasini hisoblash.


Reaktivlar: poliakrilamidning suvdagi 1% li eritmasi, distillangan suv, natriy gidroksidining 0,05 va 5 M eritmasi, xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi.
Jihozlar: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob ( -rasm), elektromexanik aralashtirgich, termostat, sekundomer, uzun ignali 2 mlli shpris, shisha va kumush xlorid elektrodli рН- metr, magnitli aralashtirgich, 20 mlli byuretka, 70 ml hajmli stakan, 2 mlli mikro-byuretka, 50 mlli byukslar (8 ta), 50 ml hajmli o'lchov silindri.
Ishning bajarilishi: 1) turli haroratlarda poliakrilamidning suvdagi eritmasida ishqoriy gidroliz o'tkazish; 2) reaksion aralashmadan olingan polimer namunalarining gidrolizlanish darajasini aniqlash; 3) gidroliz jarayonining ish faollanish energiyasini hisoblash.
-rasmdagi reaksion idishga poliakrilamidning 1% li eritmasidan 50 ml solib, termostat haroratini 50°C gacha qizdiriladi va shu haroratga yetishgach, reaksion aralashmaga 2,5 ml 5 M li natriy gidroksidi qo'shiladi va shu vaqtdan reaksiya boshlangan hisoblanadi. Reaksiyani 2 soat davomida 50°C da olib boriladi va potensiometrik titrlash uchun 2 ml dan namunalar olinadi. Birinchi namunani 5 minutdan so'ng, qolganlarini 1 soat davomida har 15 minutda va 2 soat davomida har 30 minutda olinadi. Xuddi tunga o'xshab tajribalarni 40, 60 va 700C larda olib boriladi.
Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yoziladi




Namuna olingan
vaqt, minut.

Tajriba harorati,
°С

Qo'shilgan ishqor,
ml.

Gidroliz darajasi,
% (mol
















Olingan natijalar asosida bir grafikda poliakrilamidning gidrolizlanish darajasini 4 xil harorat uchun kinetik o'zgarish egri chizig'i chiziladi. Egri chiziqning boshlanish qismidan o'tkazilgan urinmaning oqish burchak tangensi


187
gidrolizning boshlang'ich tezligi V ning qiymatini beradi. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga ko'chiriladi.


Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yoziladi







Harorat, К

V, %
(mol)/min

LgV

Е, kJ/mol
















Jadvaldagi natijalar asosida lgV-1/Т grafigi chiziladi va absissa o'qiga nisbatan hosil bo'lgan to'g'ri chiziqning burchak tangensidan poliakrilamidning ishqoriy gidrolizi faollanish energiyasi aniqlanadi:


Е = (4,57 · tgα) · 4,19 .



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling