"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
Ishlash tartibi: 1) Kaliy persulfat ishtirokida poliakrilamidni destruksiyalash; 2) destruksiya davomida poliakrilamid eritmasining qovushqoqligini o'lchash; 3) destruksiyadan oldin va keyin poliakrilamidning molekulyar massasini viskozimetrik usulda aniqlash.
Ishning bajarilishi: 70 ml hajmli reaksion idishga 50 ml poliakrilamidning 0,1% li suvli eritmasi quyilib, 50°C da aralashtirilib turgan holda eritmani termostatlanadi. Reaksion aralashmada harorat turg'unlangach 0,04 g kaliy persulfat solinadi va destruksiya vaqti belgilanib olinadi. Reaksiyani 50°C da 3 soat davomida olib boriladi. Reaksiya boshlangandan 5 minut o'tgach va bir soat davomida, har 15 minutda viskozimetr yordamida eritmani oqish davri o'lchanadi. Bir soatdan so'ng, har 30 minutda eritmani viskozimetrda oqish vaqti o'lchanib boriladi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi. Jadvaldagi t=t1+t2/2 ifoda bo'yicha yozib boriladi. t1- destruksiya boshlangan vaqtdan to qovushqoqlik o'lchanguncha ketgan vaqt; t2- viskozimetr kapillyaridan eritmaning o'tish vaqti. Olingan natijalar jadvalga yoziladi
Olingan natijalardan foydalanib poliakrilamid eritmasiiing keltirilgan qovushqoqligini vaqt bilan o'zgarishi yarisi chiziladi. Poliakrilamidni mol. massasini o'zgarishini aniqlash uchun viskozimetrik usul bilan destruksiyadan oldingi va keyingi mol. massalar topiladi. Viskozimetrik usul bilan mol. massani topish uchun eritmadan 5 mlni shpris bilan olinib, toza viskozimetrga quyiladi va 202
Mark-Kun-Xauvnik tenglamasidan molekulyar massa hisoblanadi [ ] = 7,19 · 10 –3 · M0,77 Topshiriq: Poliakrilamidning destruksiyalanish sxemasini yozish; keltirilgan qovushqoqlikning jarayon davomida o'zgarishini tushuntirish va destruksiyadan oldingi va keyingi molekulyar massalarini solishtirish. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling