"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
- Reaktivlar
Laboratoriya ishi
Stabillangan polivinilxloridning termik destruksiyasi Ishning maqsadi: stabillangan va stabillanmagan polivinilxloridning degidroxlorlanish reaksiyasini tekshirish. Reaktivlar: lakmus qog'ozi, polivinilxlorid namunala qo'rg'oshin stearat. Jihozlar: ikkita issiqqa chidamli probirka, 170-1750C gacha qizdiriladigan moy hammomi. Ishning bajarilishi: turli xil polivinilxloridlarni termik destruksiyasini o'tkazish. Birinchi probirkaga 0,5 g polivinilxlorid, ikkinchi probirkaga 0,5 g polivinilxlorid bilan 0,05 g qo'rg'oshin stearat aralashtirib solinadi. Probirkalarning pastki qismiga suv bilan ho'llangan lakmus qog'ozini joylashtirib, astagina yog'och (po'kak) yopqich bilan yopiladi. Probirkalarni moy hammomi tushirib 10-15 minut davomida qizdirib destruksiya davomida indikator va polimer rangining o'zgarishi 197
Topshiriq: 1) stabillanmagan polivinilxloridnig degidroxlorlash reaksiyasi mexanizmini tushuntiring va yozing; 2) stabilizatorning roli qanday? 23- Laboratoriya ishi Polimerlarning termooksidlanish destruksiyasi Ishning maqsadi: gravimetrik usul bilan polimerlarning termooksidlanish destruksiyasi kinetikasini o'rganish. Reaktivlar: polimetilmetakrilat, polistirol. Jihozlar: torsion tarozi, havo sovutgichi bilan termostat, 350°C li termometr, shisha tayoqcha, kosachani osishga mo'ljallangan shisha ilmoqcha. Ishning bajarilishi: gravimetrik usul bilan polimetilmetakrilat (polistirol) ning termooksidlanish kinetikasini o'rganish. Torsion tarozisiga bo'sh kosacha ilinadi va unga 0,2 polimer namunasini joylashtirib, taroziga tortiladi va ko'rsatkichlar farqidan polimer namunasining og'irligi topiladi. Tortilgan namunani shisha ilmoqcha bilan birgalikda olinadi. Gaz gorelkasi yordamida tezda termostat harorati 280-282°C gacha qizdiriladi va alanga balandligi shunday sozlanadiki, bunda Issiqlik saqlagich bir me'yorda qaynasin. Tortilgan namuna bilan kosachani termostatga joylashtiriladi va 5 minut o'tgandan so'ng birinchi o'lchashni boshlanadi. Destruksiya davomida torsion tarozining arretiri yopiq holatda turadi. Keyingi o'lchashlar har 10-15 minutda o'tkaziladi. Hammasi bo'lib 8-10 marta o'lchab, yo'qotilgan og'irlikni (%) vaqtga bog'liqlik grafigi chiziladi. Olingan natijalarni jadvalga ko'chiriladi
198
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling