"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet102/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Laboratoriya ishi

Dinamometriya usuli bilan kristall va amorf polimerlarning mexanik xossalarini o'rganish

232
Ishning maqsadi: Turli haroratlar va kuch qo'yilishining turli tezliklarida kristall va amorf polimerlarning kuch- deformasiya egri chiziqlarini chizish, qayta kristallanish kuchlanishi yoki majburiy- elastiklik chegarasi hamda ularning haroratga va cho'zilish tezligiga bog'liqligini aniqlang.


Namuna va asboblar: Polietilen (PE), polietilentereftalat (PETF), polivinilxlorid (PVX) larning qalinligi 0,1- 0,15 mm bo'lgan pardalari, cho'zilish egri chiziqlarini yozadigan Polyani turidagi dinamometr, mikrometr, chopqichli pichoq, gidravlik o'quv pressi.
Ishning bajarilishi: Tekshirish uchun namunalar gidravlik pressda chopqich pichoq bilan kerakli shaklda kesib olinadi. Mikrometr bilan kurakchaning ishlatiladigap kesimining uzunligi, kengligi va qalinligi o'lchanib uning ko'ndalang kesim yuzi hisoblanadi.
Namunalar dinamometr qisqichlariga mustahkam o'rnatiladi va turli haroratlarla hamda kuch qo'yilishining turli tezliklarida cho'ziladi. Namunalarning dinamometr isitgichida doimiy haroratga kelishi 15 minut, PETF uchun esa 140°C da 60 minut davom etishi kerak.

Quyida tajriba o'tkazish sharoitlari keltirilgan:





Namuna

Fazaviy holati

Harorat, °С

Cho'zilish tezligi,
mm/min

PE

Kristall

20, 40, 60, 80

6

PETF

Amorf

70, 80, 90, 140

9

PVX

Amorf

20, 30

8, 15, 30

Har bir tajriba bir xil egri chiziqlar olinguncha 3 marta takrorlanadi. Diagramma tasmasida chiqqan egri chiziqlarni σ-ε koordinatalar sistemasiga o'tkaziladi. (σ- kattaligi qo'yilgan yuk f ning namunaning ko'ndalang kesim yuzi S0 ga nisbatiga teng bo'lgan shartli kuchlanish; ε- nisbiy uzayish; u namuna uzunligining o'zgarishini namunaning dastlabki uzunligi lo nisbatiga teng).
Grafiklarni chizishda diagramma tasmasidagi vertikal bo'yicha М1 ning va
233
gorizontal bo'yicha f ning yozilish masshtabini, shuningdek ularning turli cho'zilish tezliklarida o'zgarishini hisobga olish kerak. Kuch- deformasiya egri chiziqlaridan kristall polimerlarning qayta kristallanish kuchlanishi. σК va amorf polimerlarning majburiy-elastiklik chegarasi σМ aniqlanadi.

Tajribalarning o'tkazish sharoitlari va natijalari jadvalga yoziladi





Namuna


Tajriba harorati, 0С



Namunaning cho'zilish tezligi V,
mm/min

σК, σМ















Jadvaldagi natijalar asosida har bir cho'zilish tezligi uchun σК yoki σМ ning haroratta bog'liqlik grafigi chiziladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling