"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet103/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Topshiriq:

  1. Har xil polimerlarning σ–ε egri chiziqlarini o'rganing, σК va σМ arning haroratga bog'liqlik egri chiziqlarini izohlab bering.

  2. Olingan egri chiziqlardan foydalanib berilgan cho'zilish tezligida amorf polimerlar uchun TSh kristall polimerlar uchun TS aniqlang.

  3. PETF namunalarini (TSh dan yuqori haroratlarda) qizdirish haroratining dinamometrik

  4. Egri chiziqlar shakliga ta'sirini tushuntiring.


  1. Laboratoriya ishi

Polimerlar deformasiyalanishida gisterezis hodisasini o'rganish Ishning maqsadi: Yuqori elastik polimerlarda cho'ziluvchanlik
deformasiyasini kuchlanishga bog'liqligini o'rganish va mexanik yo'qotishlar koeffisientini hisoblash.
Namuna va asboblar: Polibutilmetakrilat, turli darajada choklangan butadien nitril kauchuklari asosidagi rezina bo'laklari (qalinligi 5 mm), kuch deformasiya egri chiziqlarini yozadigan KSJ-33 turidagi uzuvchi mashina,

234
chopqichli pichoq, gidravlik o'quv pressi, planimetr.


Ishning bajarilishi: Gidravlik pressda chopqichli pichoq bilan namunalar kurakcha shaklida kesiladi va uzuvchi mashinaning qisqichlariga mahkamalanadi. Mashinani avval to'g'ri- namunani cho'zish, keyin teskari- namunani qisqartirish yo'nalishida ishlatiladi. Bu vaqtda yozuvchi qurilmaning diagramma tasmasida kuch qo'yish- deformasiya va kuch olish-deformasiya egri chiziqlari yoziladi.
Gisterezis halqasi bilan chegaralangan maydon yuzasi namunani cho'zishda sarflangan ish A1 bilan namuna qisqarishida bajarilgan ish A2 orasidagi farqni ifodalaydi. Gisterezis xalqasining yuzasi planimetr bilan o'lchanadi. Mexanik yo'qotishlar koeffisienti k quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:

k = ∆А/A1




Topshiriq: Turli darajada choklangan rezinalarning mexanik yo'qotishlar koeffisientlarini solishtiring.




  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling