"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet40/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

POLIMERLARNI FRAKSIYALASH
Polimerlanish va polikondensatlanish jarayonida hosil bo'layotgan makromolekulalarning uzunligi har xil bo'ladi, ya'ni polimergomologik qator hosil bo'ladi. Polimergomologlarning kimyoviy tarkiblari bir xil bo'ladi, zanjirlarining tuzilishi (chiziqli yoki tarmoqlangan va hokazolar) o'xshash bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, polimerlar molekulyar massalari bo'yicha polidispers bo'ladi.
Yuqorimolekulyar birikmalarning polidispereligi polimerlarning bo'kishi va erishiga, ular eritmalarining xossalariga, fizik-mexanik va boshqa xossalariga ta'sir etadi. Shuning uchun polidisperelikni aniqlash, tartibga solish juda ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Odatda polidisperslikni aniqlash uchun polimerlar fraksiyalanadi. Fraksiyalash deb polimerni tashkil etgan har xil uzunlikdagi polimergomologlarga ajratishga aytiladi. Fraksiyalash usullari polimerlarning eruvchanligiga, ularning eritmalari xossalariga asoslangandir.
Ajratish yo'liga qarab fraksiyalashning asosiy usullarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin (9-jadval). Laboratoriyada har xil usullardan foydalaniladi,

112
masalan, cho'ktirib ajratish va ekstraksiyalash.


Cho'ktirish yo'li bilan ajratishda polimer namunasi suyuqlikda eritiladi. Hosil bo'lgan bir jinsli tipik eritmani aralashtirib turib asta-sekin barqapop loyqa hosil bo'lguncha cho'ktiruvchi qo'shiladi. Bu holda bir-biridan yaqqol chegara sirti bilan ajralib turgan ikkita faza (qatlam) hosil bo'ladi. Fazalardan biri muhitning erituvchilik qobiliyatining yo'qolishi hisobiga cho'kmaga tushgan eng yuqorimolekulyar fraksiyalardan tashkil topgan bo'ladi. Bu faza, yuqorimolekulyar fraksiya bo'kishi mumkin bo'lgan, erituvchi va cho'ktiruvchi aralashmasidan oz miqdor tutadi. Ikkinchi faza- qolgan polimer fraksiyalarining eritmasidir.


9-Jadval.
Fraksiyalashning asosiy usullari



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling