"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet82/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Ishlash tartibi: 1) Kaliy persulfat ishtirokida poliakrilamidni destruksiyalash; 2) destruksiya davomida poliakrilamid eritmasining qovushqoqligini o'lchash; 3) destruksiyadan oldin va keyin poliakrilamidning molekulyar massasini viskozimetrik usulda aniqlash.
Ishning bajarilishi: 70 ml hajmli reaksion idishga 50 ml poliakrilamidning 0,1% li suvli eritmasi quyilib, 50°C da aralashtirilib turgan holda eritmani termostatlanadi.
Reaksion aralashmada harorat turg'unlangach 0,04 g kaliy persulfat solinadi va destruksiya vaqti belgilanib olinadi. Reaksiyani 50°C da 3 soat davomida olib boriladi. Reaksiya boshlangandan 5 minut o'tgach va bir soat davomida, har 15 minutda viskozimetr yordamida eritmani oqish davri o'lchanadi. Bir soatdan so'ng, har 30 minutda eritmani viskozimetrda oqish vaqti o'lchanib boriladi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi. Jadvaldagi t=t1+t2/2 ifoda bo'yicha yozib boriladi. t1- destruksiya boshlangan vaqtdan to qovushqoqlik o'lchanguncha ketgan vaqt; t2- viskozimetr kapillyaridan eritmaning o'tish vaqti.


Olingan natijalar jadvalga yoziladi





Eritmani olish vaqti
t, min.

Polimer
konsentrasiyasi, g/ml

nisb

sol

sol / С





















Olingan natijalardan foydalanib poliakrilamid eritmasiiing keltirilgan qovushqoqligini vaqt bilan o'zgarishi yarisi chiziladi. Poliakrilamidni mol. massasini o'zgarishini aniqlash uchun viskozimetrik usul bilan destruksiyadan oldingi va keyingi mol. massalar topiladi. Viskozimetrik usul bilan mol. massani topish uchun eritmadan 5 mlni shpris bilan olinib, toza viskozimetrga quyiladi va


202
ustiga 5 ml 1М NaCl eritmasidan quyiladi. Qovushqoqlik 25°С o'lchanadi. So'ngra 0,76; 1,00; 1,25; 2; 4 mldan 0,5М NaCl eritmasidan quyib turib, ketma-ket qovushqoqlik o'lchanadi. Keltirilgan qovushqoqlik hisoblanib, uni konsentrasiya bilan o'zgarish grafigi chiziladi va harakteristik qovushqoqlikning qiymati topiladi.


Mark-Kun-Xauvnik tenglamasidan molekulyar massa hisoblanadi
[ ] = 7,19 · 10 –3 · M0,77
Topshiriq: Poliakrilamidning destruksiyalanish sxemasini yozish; keltirilgan qovushqoqlikning jarayon davomida o'zgarishini tushuntirish va destruksiyadan oldingi va keyingi molekulyar massalarini solishtirish.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling