"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet70/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Ishning bajarilishi: 1) polimerning (ishqorning konsentrasiyasi doimiy) va ishqorning (polimerning konsentrasiyasi doimiy) turli konsentrasiyalarda poliakrilamidning ishqoriy gidrolizini o'rganish; 2) reaksion aralashma

184
namunalarida gidroliz mahsulotining kimyoviy tarkibini aniqlash; 3) polimer va ishqor bo'yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiyasi tartibini aniqlash.


Reaksion idishga poliakrilamidning 1% li eritmasidan 50 ml solib, termostat haroratini 50°C gacha ko'tariladi va shu haroratga yetgach, reaksion aralashmaga 2,5 ml 5 M natriy gidroksidi qo'shiladi va shu ondan reaksiya boshlangan hisoblanadi. Reaksiyani 2 soat davomida 50°C da olib boriladi va potensiometrik titrlash uchun 2 mldan namunalar olinadi. Birinchi namunani 5 minutdan so'ng, qolganlarini 1 soat davomida har 15 minutda va 2 soat davomida har 30 minutda olinadi.
Xuddi shunga o'xshash tajribalarni gidrolizlovchi agentning turli konsentrasiyalari bilan olib boriladi. Buning uchun reaksion idishga poliakrilamidning 1% li eritmasidan ml dan solib, unga 1,5; 1,0 va 0,5 ml dan natriy gidroksidining 5 M eritmasidan qo'shiladi. Har bir tajriba natijalari jadvalga yoziladi.
Olingan natijalar asosida bir grafikda poliakrilamidning gidroliz darajasini 4 xil konsentrasiyadagi gidrolizlovchi agentlar uchun kinetik o'zgarishi egri chizig'i chiziladi. Egri chiziqning boshlanish qismidan o'tkazilgan urinmaning oqish burchak tangensi gidrolizning boshlang'ich tezligi V ning qiymatini beradi. Keyin V va natriy gidroksidining konsentrasiyasi qiymatlari logarifmlanadi.

Tajriba natijalari jadvalga yoziladi







NaOH,
mol/l

lg [NaOH]

V, %
(mol)/min

lgV
















Olingan natijalar asosida lgV–lg[NaOH] bog'liqlik grafigi chiziladi va hosil bo'lgan to'g'ri chizikning absissa o'qiga nisbatan burchak tangensi- natriy gidroksidi bo'yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiyasi tartibi topiladi.


185
Polimer bo'yicha reaksiya tartibini aniqlash uchun natriy gidroksidining berilgan konsentrasiyasida polimerning har xil konsentrasiyalarida tajribalar o'tkaziladi. Buning uchun poliakrilamidning 1% li eritmasi distillangan suv bilan suyultirilib, 50 ml dan 0,75; 0,5 va 0,25% li polimer eritmalari tayyorlanadi va magnit aralashtirgich yordamida aralashtirilib, har biriga natriy gidroksidining 5 M eritmasidan 2,5 ml dan qo'shiladi.


Olingan natijalar jadvalga yoziladi





Namuna olingan
vaqt

[PAA],
mol/l

Qo'shilgan ishqor
miqdori, ml

Gidroliz darajasi, %
(mol)













Natijalar asosida gidrolizlanish tezligining polimer konsentrasiyasiga bog'liqlik kinetik egri chizig'i grafigi chiziladi. Kinetik egri chiziqdan gidrolizning boshlang'ich tezligi topiladi, logarifmlanadi va natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.


Olingan natijalar jadvalga yoziladi






[PAA],
mol/l

lg[PAA]

V, %
(mol)/min

LgV
















lgV–lg[ПАА] bog'liqlik grafigi chiziladi va hosil bo'lgan to'g'ri chiziqning absissa o'qiga nisbatan burchak tangensidan


poliakrilamid bo'yicha reaksiya tartibi topiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling