"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
Laboratoriya ishi
Poliakrilamidning ishqoriy gidrolizi va olingan polimerni xarakterlash Ishning maqsadi: poliakrilamidning suvli eritmasida natriy gidroksidi ishtirokida gidroliz tezligini aniqlash va olingan sopolimerning molekulyar massasini baholash. 181
Jihozlar: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob, elektromexanik aralashtirgich, termostat, sekundomer, viskozimetr uchun termostat, kapillyari 0,56·10-3 m diametrli viskozimetr, uzun ignali 2 mlli shpris mikro- byuretka, shisha va kumush xlor elektrodi, рН metr, 70 ml hajmdagi stakan, 50 ml hajmli o'lchov silindri, 50 mlli byukslar (8 ta). Ishning bajarilishi: 1) poliakrilamidning ishqoriy gidrolizini o'tkazish; 2) reaksion aralashma namunalarining gidroliz darajasini aniqlash; 3) sopolimerning molekulyar massasini uning eritmasi qovushqoqligi orqali aniqlash. Ishqoriy gidroliz jarayoni maxsus asbobda amalga oshiriladi. 70 mlli reaksion idishga 50 ml poliakrilamidning 1% li suvli eritmasidan quyib, 50°C li doimiy haroratda aralashtiriladi. Shu haroratga yetgach, reaksion aralashmaga 2,5 ml natriy gidroksidining 5,0 M eritmasidan qo'shiladi, shunda jarayon boshlangan hisoblanadi. Reaksiya 50°C da 2 soat davomida olib boriladi. Gidroliz kinetikasi potensiometrik usul bilan nazorat qilinadi. Gidroliz darajasini aniqlash uchun reaksiya boshlangandan so'ng 5 minut o'tgach shpris yordamida namuna (2 ml) olinadi. Keyingi namunalar 1 soat davomida har 15 minut va 2 soat davomida har 30 minutda olinadi. Polimer gidroliz darajasini aniqlash uchun 50 ml distillangan suv solingan byuksga reaksion aralashma solinadi va pH-metr yordamida potensiometrik titrlanadi. Gidroliz darajasini aniqlash Polimerning gidrolizlanish darajasini potensiometrik titrlash asosida gidrolizlangan poliakrilamidning makromolekulasidagi natriy akrilatning miqdori (% mol) aniqlanadi. 0
2 hдар (V ( 0 7 c V1 V0 ) 1 .001 100 V V0 ) N 3 .001 182
V va V0 - analiz va nazorat uchun olingan namunani titrlash uchun sarflangan natriy gidroksidining hajmi, ml; N-natriy gidroksidi eritmasining konsentrasiyasi; mol/l; C-polimer namunasining konsentrasiyasi, g; V1– olingan namunaning hajmi, ml. Olingan natijalar jadvalga yoziladi
Natijalarni jamlash: Olingan natijalar asosida poliakrilamidning gidroliz darajasini kinetik o'zgarish egrisi chiziladi. Sopolimerning molekulyar massasini viskozimetrik usul bilan topiladi. сол/С–С bog'liqlik grafigidan [ ]-xarakteristik qovushqoqlikni topib, sopolimer molekulyar massasi Mark-Kun-Xauvink forormulasidan [ ]=KMα aniqlanadi, К va α- konstantalari poliakrilamidning gidroliz darajasiga bog'liqligi grafigidan topiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling