"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet73/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Hisoblash: bog'langan sirka kislota miqdorini foiz hisobida (X) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
X 100 K
bunda: V1- namunasiz eritmani titrlash uchun ketgan 0,5 n li sulfat kislota hajmi, ml; V2- atsetatlarni titrlash uchun ketgan 0,5 n li sulfat kislotasi hajmi, ml; К- sulfat kislota eritmasi konsentrasiyasini aniq 0,5 normalga keltirish uchun kerakli tuzatma koeffisienti; q- sellyuloza asetataning og'irligi, g; 0,03- 1 ml 0,5 n sulfat kislotaga to'g'ri kelgan sirka kislotaning og'irlik miqdori, g. Atsetil guruhlar miqdorini topish uchun bog'langan sirka kislota miqdori (X) ni 0.7167 ga ko'paytiramiz:

Atsetil guruhlar % miqdori = X·0,7167



  1. Laboratoriya ishi Karboksimetilsellyuloza olish

Ishning maqsadi: tarkibida karboksil guruh tutgan sellyuloza olish. Reaktivlar: ishqoriy sellyuloza, natriymonoxlorasetat, metil spirti. Jihozlar: 250 ml sig'imli, og'zi mahkam yopiladigan kolba 1 dona,
chayqatish asbobi, Byuxner voronkasi, chinni kosacha, Sokslet asbobi, 1 litrli stakan.

190
Ishning bajarilishi: Sellyulozaga konsentrlangan ishqor eritmasi ta'sir ettirilsa, ishqoriy sellyuloza hosil bo'ladi. Natijada sellyulozaning kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalari o'zgaradi. Tarkibida 30% atrofida - sellyuloza bo'lgan ishqoriy sellyulozadan 10 g va natriymonoxlorasetatdan 8 g chinni kosachada shisha tayoqcha bilan 20 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 250 mlli kolbaga solinib, chayqatish asbobi yordamida 1 soat chayqatiladi. Shundan keyin kolba oldin 45°C li termostatda 4 soat, so'ngra uy haroratida bir necha soat saqlanadi. Hosil bo'lgan modda 60 ml suvda eritilib, 1 litrli stakanga quyiladi. Stakandagi eritmaga asta-sekin metil spirti quyilsa, karboksimetilsellyuloza cho'ka boshlaydi. Cho'kma Byuxner voronkasida filtrlab olinib, hovonchada ozgina metil spirti bilan aralashtiriladi-da, yana filtrlanadi. Karboksimetilsellyuloza tarkibidagi osh tuzini yo'qotish uchun u Sokslet asbobiga solinib, metil spirti bilan 20-24 soat ekstraksiya qilinishi kerak.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling