"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet82/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

27- Laboratoriya ishi
Turli xil haroratda poliakrilamidning eritmada destruksiyasini
o'rganish
Ishning maqsadi: Poliakrilamidni suvli eritmada kaliy persulfat ishtirokida destruksiyalanishiga haroratni ta'sirini o'rganish va jarayonning faollanish energiyasini topish.
Reaktivlar: Qisman gidrolizlangan poliakrilamidni 0,4% li eritmasi, distillangan suv, kaliy persulfat.
Jihozlar: reaktor, viskozimetr va yuqoridagi ishda ko'rsatilgan jihozlar.
Ishlash tartibi: 1) turli xil haroratlarda poliakrilamidni eritmasini kaliy persulfat yordamida destruksiyalash; 2) qisman gidrolizlangan poliakrilamidni va uni destruksiyadan keyingi eritmalarini qovushqoqligini o'lchash; 3) destruksiyani faollanish energiyasini qiymatini topish; 4) polimerii viskozimetrik usulda molekulyar massasini topish.
Ishning bajarilishi: Destruksiyani 40, 50, 60, 70°С da 2 soat davomida olib boriladi. Destruksiya jarayoni reaksiya boshlangandan so'ng 5 minutda va 2 soat davomida har 15 minutda viskozimetrik usulda eritmani qovushqoqligi o'lchab boriladi. Oldingi ishda keltirilgan jadval bo'yicha natijalar yozib boriladi.
Ishni bajarilgandan so'ng har bir haroratda keltirilgan qovushqoqlikning

203
qiymatini vaqt bilan o'zgarishi grafigi chiziladi.


Grafikdan chiziqlarni boshlang'ich to'g'ri chiziqli qismidan tgα hisoblanib destruksiya tezligi topiladi. So'ngra lgV ni 1/Т ga bog'liqlik grafigi chizilib, hosil bo'lgan to'g'ri chiziqning tgα dan faollanish energiyasinig qiymati hisoblanadi:

E = 19,15 · tgα


Topshiriq: Qisman gidrolizlangan poliakrilamidning eritmalarini turli haroratda destruksiyadan oldingi va keyingi qovushqoqliklari va polimerning molekulyar massalari solishtiriladi.


28- Laboratoriya ishi
To'rsimon polimerning bo'kish tezligiga erituvchi tabiatining ta'siri Ishning maqsadi: Vulqonlangan natriy butadien kauchugi (rezina)ning
toluol va etilasetatda bo'kish tezligi va bo’kish koeffisientini o'lchash.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling