Reaktivlar: SKV-2 rezinasi, toluol, etilasetat.
Jihozlar: nabuxometr (2 dona), sekundomer, rezina nok, analitik tarozi.
Ishning bajarilishi: Bo'kish tezligi nabuxometrda hajmiy usul bilan o'lchanadi. 0,1-0,2 g atrofida 2 ta rezina bo'laklarini analitik tarozida tortib biriga toluol, ikkinchisiga etilasetat solingan, avvaldan darajalangan, nabuxometrlarga tushiriladi. Rezinaning bo'kishini har ikki erituvchida parallel holda har 10 daqiqada 3 soat davomida yutilgan suyuqlik miqdorini o'lchash orqali kuzatiladi.
Natijalarni yozish shakli: Tekshirilayotgan sistemalar:
Shartli belgilar: t– tajriba boshlanishidan o'lchanayotgan vaqt, daqiqa; h– nabuxometr naychasidagi suyuqlik balandligi (darajalangan naychadagi bo'linishlarga to'g'ri keladigan suyuqlik miqdori nabuxometrda ko'rsatilgan); V1- yutilgan suyuqlik hajmi, ml; m0– rezinaning dastlabki og'irligi, g; q∞- maksimal bo'kish darajasi, ρ- suyuqlikning zichligi.
204
Olingan natijalar jadvalga yoziladi
-
t
|
h
|
V1
|
q = V1·ρ/m0
|
lg(q∞ - q)
|
|
|
|
|
|
Olingan natijalar asosida bo'kish darajasi q va lg(q∞-q) larning vaqtga bog'liqlik grafiklarini ikkala erichuvchi uchun ham chiziladi. Rezinaning toluol va etilasetatdagi bukish doimiylarini tenglama asosida topiladi:
lg(q∞ - q) = lgq∞ - k.t
. lg(q∞-q) ning vaqtga bog'liqlik grafigidagi to'g'ri chiziq og'ishining tangens burchagik (bo'kish doimiysi)ning qiymatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |