"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet100/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

45- Laboratoriya ishi Polimerlarning termomexanik xossalarini o'rganish
Ishning maqsadi: polimerning termomexanik xossalarini o'rganish, bir fizik holatdan boshqasiga o'tish haroratini aniqlash.
Reaktivlar va namunalar: polietilentereftalat, polikarbonat, tabiiy va butadien kauchuklaridan olingan rezinaning 2 mm qalinlikdagi namunalari, polietilen, polipropilen, polikaproamid, polivinilxlorid (kukuni), suyuq azot.
Jihozlar: Kargin tarozisi, isitgich elementlari bo'lgan Dyuar idishi, kriostat, metronom, chopqich pichoq, isitgichli zichlama qolip (press forma), gidravlik o'quv pressi, termoparali elektron potensiometri.
Ishning bajarilishi: Diametri 10 mm va qalinligi 2 mm bo'lgan doira shaklidagi polimer namunalari kukunlarini presslab yoki yaxlit polimerni chopqich pichoq bilan kesib tayyorlanadi. Kukunlarni qoliplash zichlama qolipda polimerning oqish yoki suyuqlanish haroratidan 20-30оС yuqori haroratlarda gidravlik press bilan 0,3-0,4 MPa bosim berish orqali olib boriladi. Suyuqlangan massa qolipdan oqib ketmasligi uchun politetraftoretilen pardasi bilan yopilishi kerak.

qulay.
Termomexanik egri chizig'i olish uchun Kargin tarozisidan foydalanish


Asbobning asosiy qismi bo'lgan puanson polimer namunasiga murvatni

burash bilan tushiriladigan yuk (tosh) bilan ta'sir qiladi, ya'ni bosadi. O'lchashni boshlashdan avval murvatni burab namuna puansonga tegiziladi. Puanson bilan yuk ta'siridagi namuna deformasiya puansonga biriktirilgan optik moslama yordamida aniqlanadi. Tajriba turli haroratlarda 10 s davomida doimiy kuch ta'sirida bo'lgan namuna deformasiyasini o'lchashdan iborat. Namuna isitish pechi bilan qizdiriladi. Haroratni termopara yordamida minutiga 1,5°С tezlik bilan

231


ko'tarish kerak. Manfiy haroratlar oralig'idagi rezinalarni tekshirish uchun suyuq azot oqimi yuboriladigan kriostatdan foydalaniladi. Suyuq azot oqimining tezligi Dyuar idishiga tushirilgan isitgich elementlariga beriladigan tok kuchini o'zgartirib boshqariladi. Deformasiya har 10°С harorat oralig'ida namunaga kuch ta'sir etish daqiqasida metronomning 10 zarbi (10 s) o'tish bilan o'lchanadi. O'lchashlar tutagach puanson dastlabki holatiga keltiriladi. Shundan so'ng, doimiy kuch ta'sirida turli haroratlardagi deformasiyani o'lchash natijalari jadvalga yoziladi.
Yuqorida keltirilgan Kargin tarozisi bo'lmagan taqdirda ushbu tarozi yelkalari bir-biriga teng oddiy analitik tarozidan yasalishi mumkin.

Natijalarni yozish shakli:




Polimer namunasi

Yuk massasi

Harorat, 0C

Deformasiya

Analitik tarozining bir pallasi olinib silindrsimon yuk o'rnatiladi va uning ikkinchi pallasita yuk qo'yish orqali muvozanatga keltiriladi. Yuk ta'sirida puansonga polimer namunasi joylashtiriladi. Puansonning diametri 3 mm bo'lsa kifoya. Har xil haroratda o'lchashlarni olib borish maqsadida suyuq azot yoki termopechdan foydalanish mumkin. Sistemadagi haroratni termopara yordamida o'lchanadi. Namunaning deformasiyasi gorizontal mikroskop yoki oynadan yasalgan qurilma orqali kuzatilib boriladi. Qolgan hisoblashlarni yuqoridagidek davom ettiriladi.


Topshiriq: 1. Jadvaldagi natijalar asosida deformasiyaning haroratga bog'liqlik grafigini chizing; 2. Polimerning termomexanik egri chizig'ini o'rganib uning shishalanish va oquvchanlik haroratlarini aniqlang.




  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling