"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namuna va asboblar
Laboratoriya ishi
Dinamometriya usuli bilan kristall va amorf polimerlarning mexanik xossalarini o'rganish 232
Namuna va asboblar: Polietilen (PE), polietilentereftalat (PETF), polivinilxlorid (PVX) larning qalinligi 0,1- 0,15 mm bo'lgan pardalari, cho'zilish egri chiziqlarini yozadigan Polyani turidagi dinamometr, mikrometr, chopqichli pichoq, gidravlik o'quv pressi. Ishning bajarilishi: Tekshirish uchun namunalar gidravlik pressda chopqich pichoq bilan kerakli shaklda kesib olinadi. Mikrometr bilan kurakchaning ishlatiladigap kesimining uzunligi, kengligi va qalinligi o'lchanib uning ko'ndalang kesim yuzi hisoblanadi. Namunalar dinamometr qisqichlariga mustahkam o'rnatiladi va turli haroratlarla hamda kuch qo'yilishining turli tezliklarida cho'ziladi. Namunalarning dinamometr isitgichida doimiy haroratga kelishi 15 minut, PETF uchun esa 140°C da 60 minut davom etishi kerak. Quyida tajriba o'tkazish sharoitlari keltirilgan:
Har bir tajriba bir xil egri chiziqlar olinguncha 3 marta takrorlanadi. Diagramma tasmasida chiqqan egri chiziqlarni σ-ε koordinatalar sistemasiga o'tkaziladi. (σ- kattaligi qo'yilgan yuk f ning namunaning ko'ndalang kesim yuzi S0 ga nisbatiga teng bo'lgan shartli kuchlanish; ε- nisbiy uzayish; u namuna uzunligining o'zgarishini namunaning dastlabki uzunligi lo nisbatiga teng). Grafiklarni chizishda diagramma tasmasidagi vertikal bo'yicha М1 ning va 233 gorizontal bo'yicha f ning yozilish masshtabini, shuningdek ularning turli cho'zilish tezliklarida o'zgarishini hisobga olish kerak. Kuch- deformasiya egri chiziqlaridan kristall polimerlarning qayta kristallanish kuchlanishi. σК va amorf polimerlarning majburiy-elastiklik chegarasi σМ aniqlanadi. Tajribalarning o'tkazish sharoitlari va natijalari jadvalga yoziladi
Jadvaldagi natijalar asosida har bir cho'zilish tezligi uchun σК yoki σМ ning haroratta bog'liqlik grafigi chiziladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling